1/2🎓 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Eksperimental iqtisodiyot” laboratoriyasi hamda Iqtidorli talabalar bo‘limi hamkorligida navbatdagi xalqaro ilmiy seminar tashkil etilmoqda!
Seminar mehmoni: Prof. Maurie J. Cohen — AQShning New Jersey Institute of Technology (NJIT) universiteti Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, Hillier arxitektura va dizayn kolleji professori.
📚 Seminar mavzusi:
“How Can We Anticipate the Future of Sociotechnical Systems?”
(Sotsiотexnik tizimlarning kelajagini qanday oldindan ko‘ra olamiz?)
🔎 Seminar haqida:
Bugungi kunda energetika, transport, kommunikatsiya va boshqa murakkab tizimlar qanday o‘zgarib bormoqda? Texnologik innovatsiyalar qachon va qanday sharoitlarda mavjud tizimlarni tubdan o‘zgartira oladi?
Seminar davomida professor Maurie Cohen Multi-Level Perspective (MLP) — ko‘p darajali istiqbol nazariyasi asosida ushbu savollarga javob beradi.
🎯 Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
🔹 Sotsiотexnik tizimlarning rivojlanishi va keskin transformatsiya jarayonlari;
🔹 MLP modeli: makro (landscape), mezo (regime) va mikro (niche) darajalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir;
🔹 Innovatsiyalarning shakllanishi va mavjud texnologik tizimlarni o‘zgartirish mexanizmlari;
🔹 Barqaror rivojlanish va texnologik transformatsiyalarni tarixiy misollar asosida tahlil qilish;
🔹 Kelajakdagi tizimli o‘zgarishlarni oldindan baholash va strategik imkoniyatlarni aniqlash.
🎯 Professer New York University (THE - #29), Columbia University (THE - #19), va University of Pennsylvania (THE - #14) kabi kuchli universitetlarda ta'lim olgan. Seminarda qiziquvchilar shu kabi kuchli ta'lim muassasalarida ta'lim olish bo'yicha ham o'z savollarini berishlari va professor tajribasini o'rganishlari mumkin bo'ladi.
📅 Sana: 28-oktabr, 2026-yil (chorshanba)
⏰ Vaqti: 13:00
📍 Manzil: “Eksperimental iqtisodiyot” laboratoriyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Asosiy kampus, Kutubxona (Axborot Resurs Markazi), 2-qavat
👥 Ishtirokchilar: Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va ilmiy izlanishga qiziquvchi talabalar.
🔗 Professor haqida batafsil: link
❗️ Ro'yxatdan o'tish: havola
🔝 Telegram | 🌐 LinkedIn










