Ijtimoiy himoya milliy agentligi Telegram channel photo

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi shares Romanzi updates and media on Telegram. Join to stay updated.

RomanziitalianoItalia

1.3k

Last views

38.8k (38,766 subscribers)
Membri
—
Rating
103
Total Posts
Oct 19, 2026, 7:55 PM
Aggiornato
Mar 12, 2026
Created
Stats

Stai visualizzando contenuti in italiano. Per visualizzare contenuti in un'altra lingua, cambia la lingua del sito web.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIjtimoiy himoya milliy agentligi
Username@ijtimoiyhimoya_agentligi
CategoryRomanzi
Languageitaliano
CountryItalia
Membri38,766
Channel TypePublic Channel
Created12 mar 2026
Last Updated19 ott 2026 • 3 giorni fa
StatusActive

Classifica

Classifica globale
#84278+215
Classifica per lingua
#827+10
Classifica per categoria
#788+2

Crescita abbonati

Totale: 38.8K30 Days growth: +9892.6%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Crescita abbonati - 30 Days
DateSubscribers
20:09:202637,777
21:09:202637,777
22:09:202637,777
23:09:202637,777
24:09:202637,968
25:09:202637,968
26:09:202637,968
27:09:202637,968
28:09:202637,968
29:09:202637,968
30:09:202637,968
01:10:202637,968
02:10:202637,968
03:10:202637,968
04:10:202637,968
05:10:202637,968
06:10:202637,968
07:10:202637,968
08:10:202637,968
09:10:202637,968
10:10:202637,968
11:10:202637,968
12:10:202638,702
13:10:202638,702
14:10:202638,702
15:10:202638,702
16:10:202638,702
17:10:202638,702
18:10:202638,702
19:10:202638,766
Crescita abbonati - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:202638,064
Week of 20:04:202638,061
Week of 27:04:202638,061
Week of 04:05:202637,673
Week of 11:05:202637,673
Week of 18:05:202637,673
Week of 25:05:202637,429
Week of 01:06:202637,429
Week of 08:06:202637,135
Week of 15:06:202637,135
Week of 22:06:202636,942
Week of 29:06:202636,942
Week of 06:07:202636,942
Week of 13:07:202637,119
Week of 20:07:202637,499
Week of 27:07:202637,658
Week of 03:08:202637,658
Week of 10:08:202638,302
Week of 17:08:202638,302
Week of 24:08:202637,938
Week of 31:08:202637,882
Week of 07:09:202637,882
Week of 14:09:202637,777
Week of 21:09:202637,968
Week of 28:09:202637,968
Week of 05:10:202637,968
Week of 12:10:202638,702
Week of 19:10:202638,766
Crescita abbonati - Monthly
DateSubscribers
April 202638,061
May 202637,429
June 202636,942
July 202637,658
August 202637,938
September 202637,968
October 202638,766
Crescita abbonati - Yearly
DateSubscribers
202638,766

Ultimi post

Video
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Jahon sammiti xorijiy OAV nigohida

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasidagi panel sessiyalar, muhim muhokamalar hamda tashkiliy jarayonlar xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining ham e’tiborida.

💬💬🟡

The World Summit in the Spotlight of International Media

The panel sessions, key discussions, and organizational activities taking place as part of the World Summit on “Investing in Children’s Well-being” in Samarkand have also attracted the attention of international media representatives.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
1,2600012
Photo1/12
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Erta bolalikka investitsiya — sifatli va inklyuziv ta’lim poydevori

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida ta’lim masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yuqori darajadagi plenar sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

“Erta bolalikka investitsiyalar — butun hayot davomida sifatli va inklyuziv ta’lim olishning asosi” mavzusidagi sessiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiyaning ta’lim sohasi vakillari, shuningdek, YUNISEF va Jahon banki ekspertlari ishtirok etmoqda.
Muhokamalar markazida bolalarning erta rivojlanishiga sarmoya kiritish, maktabgacha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish hamda har bir bolaning individual ehtiyojlariga mos ta’lim olishini ta’minlash masalalari turibdi.

Sessiyada asosiy e’tibor bolaning dastlabki rivojlanish bosqichida yaratilgan imkoniyatlar uning keyingi ta’limi, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi va kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga qaratilgan.

⏺Muhokamalarni jonli efirda kuzating.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
1,940002
Photo1/10
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqandda bolalar salomatligiga investitsiyalar masalasi muhokama qilinmoqda

Ayni paytda Samarqandda o‘tkazilayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida “Bolalar salomatligini saqlashning adolatli va barqaror tizimlariga investitsiyalar: hayotning barcha bosqichlarida aniq natijalarga erishish” mavzusida yuqori darajadagi plenar sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Belarus sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek, YUNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Plenar sessiyada bolalar salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimlarining barqarorligini oshirish hamda bolalarning hayoti davomida salomatligini asrashga qaratilgan investitsiyalarning ahamiyati muhokama qilinmoqda.
 Shuningdek, ishtirokchilar ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tajriba, samarali yondashuvlar va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashmoqda.

⏺Plenar sessiyani jonli efirda kuzating.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
2,3700013
Video
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Bola nigohidagi dunyo: Samarqandda bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

Bolalar farovonligiga kiritilayotgan investitsiyalar ularning hayotida qanday o‘zgarishlarga aylanmoqda?

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida O‘zbekistonda bolalar salomatligi, ijtimoiy himoyasi, ta’limi va huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.

“Dunyo bola nigohida” konsepsiyasi asosida tashkil etilgan ko‘rgazmada islohotlar shunchaki raqamlar va dasturlar orqali emas, balki bolalarning hayotiy tajribasi, ehtiyojlari, orzu-intilishlari va erishgan yutuqlari orqali namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma ekspozitsiyalarida ona va bola salomatligi, erta aralashuv, reabilitatsiya, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, inklyuziv ta’lim, bolalar onkologiyasidagi islohotlar hamda ularning ijodiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasi — bolalarga kiritilgan sarmoya ularning sog‘lom ulg‘ayishi, oilasi bag‘rida yashashi, sifatli ta’lim olishi, himoyalanishi va o‘z kelajagini mustaqil qurishi uchun qanday imkoniyatlar yaratayotganini ko‘rsatishdan iborat.

🎬 Ko‘rgazma va unda namoyish etilgan islohotlar bilan videoroligimiz orqali batafsil tanishing.

💬💬🟡

The World Through a Child’s Eyes: An Exhibition Dedicated to Children’s Future in Samarkand
How are investments in children’s well-being translating into meaningful changes in their lives?

A special exhibition has been organized as part of the World Summit on Investing in Children’s Well-Being in Samarkand, highlighting reforms underway in Uzbekistan to improve children’s health, strengthen social protection, expand educational opportunities, and safeguard their rights.

Built around the concept “The World Through a Child’s Eyes” the exhibition presents these reforms not merely through statistics and policy initiatives, but through children’s lived experiences, needs, aspirations, and achievements.

The exhibition’s thematic displays showcase initiatives focused on maternal and child health, early intervention, rehabilitation, family support, protection of children from violence, inclusive education, and reforms in pediatric oncology, alongside efforts to nurture children’s creative talents and vocational skills.

The exhibition’s central message is to demonstrate how investing in children translates into tangible opportunities for them to grow up healthy, live with their families, access quality education, enjoy protection, and shape their own futures.

Watch our video to explore the exhibition and learn more about the reforms and initiatives featured throughout its displays

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
2,240009
Photo1/2
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqandda Jahon sammitining ikkinchi kuni: bugun qanday masalalar muhokama qilinadi?

Bugun, 22 oktabr kuni Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti o‘z ishini davom ettiradi.

Sammitning ikkinchi kunida xalqaro tashkilotlar rahbarlari, vazirlar va ekspertlar ishtirokida yuqori darajadagi plenar sessiyalar, ikki tomonlama muloqotlar va mavzuli muhokamalar o‘tkaziladi.

Kun tartibidan quyidagi muhim yo‘nalishlar o‘rin olgan:
✅ Bolalar salomatligi;

✅ Erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim;

✅ Ijtimoiy himoya;

✅ Kelajak texnologiyalari;

✅ Bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishi.
✅ Shuningdek, sammit doirasida bolalar farovonligiga investitsiyalar bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Sammitning asosiy plenar sessiyalarini jonli efir orqali kuzatib boring!

⏺Jonli efir

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
2,9300010
Video
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqand Jahon sammiti — Ozarbayjon telekanali nigohida

Ozarbayjonning Baku TV telekanali Samarqandda o‘tayotgan bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Jahon sammitidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot uzatdi.

Telekanal muxbiri sammit maydonidan tadbir jarayonlarini yoritib, tomoshabinlarni xalqaro muloqot muhiti bilan tanishtirdi. Lavhada sessiyalardan lavhalar, ishtirokchilar chiqishlari hamda O‘zbekistondagi ijtimoiy xizmatlarga oid taqdimot aks etgan.

🎬 Baku TV tayyorlagan lavhani tomosha qiling.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
4,0100016
Video
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Dunyo bola nigohida: Samarqandda O‘zbekistonning bolalar farovonligiga qaratilgan islohotlari namoyish etilmoqda

Davlat tomonidan bolalar farovonligiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar ularning hayotida qanday amaliy natijalar bermoqda?

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma aynan shu savolga javob beradi.

“Dunyo bola nigohida” konsepsiyasi asosida yaratilgan ekspozitsiya O‘zbekistonda bolalar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni raqamlar va dasturlar bilangina emas, balki ularning kundalik hayotga ta’siri, real ehtiyojlari va kelajak imkoniyatlari orqali yoritadi.

Ko‘rgazmada onalik va bolalikni muhofaza qilish, erta rivojlanish, ijtimoiy himoya, oilaviy g‘amxo‘rlik, inklyuziv ta’lim, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda bolalar onkologiyasi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yaxlit tizim sifatida namoyish etilmoqda.

Alohida e’tibor nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga qaratilgan. Bu yo‘nalishlar davlat ko‘magini bolaning ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etish, uning oilada ulg‘ayishi, sifatli ta’lim olishi va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish bilan bevosita bog‘liq.

Ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasi — davlat siyosatining samaradorligini faqat amalga oshirilgan ishlar ko‘lami bilan emas, balki har bir bolaning hayotida yaratilgan imkoniyatlar bilan baholashdir.

🎬 Videolavhada ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari, namoyish etilayotgan tashabbuslar va ularning bolalar hayotidagi ahamiyati haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
3,800009
Photo1/20
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi. Anjumanda turli mamlakatlarning birinchi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST va boshqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqda.

Sammitning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirdim.

Davlatimiz rahbari murojaatida bolalar farovonligi, avvalo, ularning bugungi hayoti bilan bog‘liq ekani ta’kidlangan. Har bir bola hozirning o‘zida mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va zarur tibbiy yordamga haqli. Shu bois, bolalikka sarmoya davlat siyosatida izchil va barqaror o‘rin egallashi zarur.

O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga oshdi, so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb to‘rt baravar qisqardi. Inklyuziv maktablar soni ham sezilarli ko‘paydi. Prezidentimiz bu ishlarning haqiqiy natijasi har bir oila hayotida sezilishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Bola hayotining ilk davridan uzluksiz ko‘makni kuchaytirish, ona salomatligi, to‘g‘ri ovqatlanish, erta rivojlanish va maktabgacha ta’limni o‘zaro bog‘lash muhimligi ta’kidlandi. Bolalarning og‘ir kasalliklarini, jumladan, onkologik xastaliklarni erta aniqlash va davolashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Birinchi xonimlarning bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bolalar uchun xavfsiz ta’lim va raqamli muhit yaratish, ularni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish ham murojaatning muhim yo‘nalishlaridan bo‘ldi. Prezidentimiz bolalarning o‘zlariga daxldor xizmatlar haqidagi fikrini eshitishga chaqirib, hamkorlikni davom ettirish uchun Samarqand platformasini amaliy muloqot mexanizmi sifatida shakllantirishni taklif etdi.
—
В Самарканде начал работу Всемирный саммит «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений», организованный по инициативе Первой леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёевой. В нем участвуют первые леди различных стран, высокие представители ООН, ЮНИСЕФ, Всемирного банка, ВОЗ и других международных структур.

На церемонии открытия я зачитал приветственное послание Президента Шавката Мирзиёева участникам саммита.

В своем обращении глава нашего государства подчеркнул, что благополучие детей прежде всего касается их жизни сегодня. Каждый ребенок уже сейчас имеет право на заботу, безопасность, качественное образование и необходимую медицинскую помощь. Поэтому инвестиции в детство должны занимать последовательное и устойчивое место в государственной политике.

Благодаря проводимым в Узбекистане реформам охват дошкольным образованием вырос с 27,7 до 78 процентов, а детская бедность за последние пять лет сократилась почти в четыре раза. Значительно увеличилось и число инклюзивных школ. При этом Президент нашей страны обратил внимание на то, что подлинные результаты этой работы должны ощущаться в жизни каждой семьи.

Указано на важность оказывать семьям своевременную поддержку, связывая воедино охрану здоровья матери и ребенка, полноценное питание, раннее развитие и дошкольное образование. Отмечена необходимость расширения международного сотрудничества в ранней диагностике и лечении тяжелых детских заболеваний, в том числе онкологических.

Глава нашего государства выразил поддержку инициативе международного сотрудничества первых леди в области детской онкологии.

Важное место в послании заняли вопросы создания безопасной образовательной и цифровой среды, защиты детей от насилия и эксплуатации. Президент нашей страны призвал прислушиваться к мнению самих детей о предназначенных для них услугах и предложил сформировать Самаркандскую платформу как механизм практического диалога.

Facebook|Instagram|X
3,4800019
NNTlar bilan hamkorlik: 9 oylik natijalar

💵 2026-yilning 9 oyi davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga 17 ta ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun 7,77 mlrd so‘mlik davlat ijtimoiy buyurtmasi ajratildi.

Loyihalar ayollar va bolalarni himoya qilish, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, keksalarni faol hayotga jalb etish hamda volontyorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

✅ Ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash

✅ Buxorodagi “Oydin Nur” markazi va Samarqanddagi “Rahmdillik” jamiyati bilan hamkorlikda zo‘ravonlikdan jabrlangan 86 nafar ayol va bola boshpana bilan ta’minlanib, ularga zarur yordam ko‘rsatildi;
✅ Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi bilan hamkorlikda Yunusobod va Davlatobod tumanlarida 2 ta reabilitatsiya bo‘linmasi jihozlandi. Nogironligi bo‘lgan 50 nafar bolaga 210 dan ortiq xizmat ko‘rsatildi;
✅ SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda 24 nafar ijtimoiy xodim va psixolog o‘qitildi. Shuningdek, 14 ta oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan 70 nafar bolaning manfaatlari o‘rganilmoqda.

✅ Yoshlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash

✅ Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda Samarqandda 244 nafar yosh IT-kurslarda tahsil oldi, ulardan 169 nafari sertifikatga ega bo‘ldi;
✅ O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda 20 ta oliy ta’lim muassasasida “Adabiyotlar burchagi” tashkil etilib, 1 680 ta kitob tarqatildi;
✅ “Umid kuchi” NNT bilan hamkorlikda Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida 56 ta to‘garak tashkil etildi. Ularda 851 nafar fuqaro yoga, raqs, vokal va art-terapiya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

✅ Volontyorlik va xayriya tashabbuslari

✅ O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Vatan mehri” tanlovi doirasida 355 ta loyiha orqali 4 700 nafardan ortiq fuqaroga yordam ko‘rsatildi hamda 50 nafar g‘olib aniqlandi;
✅ Ramazon oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda 138 485 ta xayriya iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

✅ Hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

↗️ 2024-yildan buyon NNTlar bilan hamkorlikda 31 ta loyiha amalga oshirilib, ularga 14,8 mlrd so‘m yo‘naltirildi. 2026-yilda ajratilgan mablag‘ 2024-yilga nisbatan 2,8 barobar ko‘p.

✅ Kelgusi rejalar

📅 Yil yakuniga qadar “Ishonchli hamroh” loyihasini Andijon, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida, “Panoh” — erkaklar, ayollar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun ijtimoiy uy loyihasini esa Navoiy va Namangan viloyatlarida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Birgalikda — kuchliroqmiz!

Batafsil ma’lumot — infografikada.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
344003
Video
🎙 Voices of Summit

"Bolalar farovonligini ta’minlash bir soha yoki bir tashkilotning emas, barchamizning umumiy vazifamizdir."

Eldor Adilov
Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri

21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov tadbirning ahamiyati hamda Oʻzbekistonda bolalar salomatligini asrash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, sammit bolalar salomatligi va ta’limi uchun “Qanday qilib samarali investitsiya kiritish kerak?”, “Bolani tug‘ilishdan to voyaga yetguniga qadar kompleks yordam bilan qanday qamrab olish mumkin?” kabi dolzarb savollarga birgalikda javob topish uchun muhim imkoniyatdir.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
3,4600011
Photo
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

Samarqand — bolalar kelajagi haqidagi jahon muloqoti markaziga aylanmoqda.

21–22-oktabr kunlari dunyoning turli mamlakatlaridan davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari Samarqandda bolalar farovonligi, himoyasi, sog‘lig‘i, ta’limi va kelajagiga investitsiya masalalarini muhokama qilish uchun jam bo‘ladi.

Sammitning asosiy g‘oyasi oddiy, ammo nihoyatda muhim: bolalarga bugun kiritilgan sarmoya — ertangi barqaror, adolatli va farovon jamiyat poydevoridir.

Oldimizda ikki kunlik mazmunli muloqot, yangi tashabbuslar, xalqaro hamkorlik va bolalar manfaatini markazga qo‘yadigan muhim qarorlar turibdi.

Samarqand jahonni bir maqsad atrofida birlashtiradi — har bir bola uchun yaxshiroq kelajak.

Sammitga 4 kun qoldi.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
3,4900020
🧠 Bu haftaning “Ochiq muloqot soati” 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib, “O‘zbekcha matn qanday bo‘ladi?” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv mehmoni – muharrir va tilshunos Orif Tolib bo‘ldi. Mehmon o‘zbek tilida ko‘p uchraydigan imloviy xatolar hamda til sohasidagi yangiliklar haqida batafsil gapirib berdi.

🎙 Qiziqarli va samimiy muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ona tilimizning naqadar boy va ifodali ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldilar.

👮‍♂️ Uchrashuv yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati boshqarmasi tomonidan xodimlarning odob-axloq qoidalari va mehnat intizomiga rioya etishi, shuningdek, korrupsiyaga oid xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan ma’lumot berildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
8,1900025
Photo
Erta aralashuv — bolalar farovonligiga investitsiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri

21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi jahon sammiti bolalarning sog‘lom rivojlanishi, himoyasi va to‘laqonli hayot kechirishi uchun eng samarali yechimlarni muhokama qilish maydoniga aylanadi.

Sammit kun tartibidagi muhim yo‘nalishlardan biri — erta rivojlanish va erta aralashuv masalasidir.

Bolaning hayotidagi ilk yillar uning keyingi jismoniy, kognitiv, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli nogironligi bo‘lgan yoki rivojlanishida qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji mavjud bolalarga yordamni imkon qadar erta boshlash ularning kelajak imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘z vaqtida o‘tkazilgan baholash, erta diagnostika va kompleks qo‘llab-quvvatlash bolaning mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mustaqillik darajasini oshirish hamda uning jamiyat va ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Erta aralashuv tizimida bolaga yordam bir yo‘nalish bilan cheklanmaydi. Psixolog, logoped, defektolog, shifokor, reabilitolog va boshqa mutaxassislar ota-onalar bilan hamkorlikda bolaning ehtiyojidan kelib chiqib individual qo‘llab-quvvatlash rejasini ishlab chiqadi. Bu yondashuv bolaning nutqi, harakati, muloqoti, bilish qobiliyati va kundalik hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, oila ham jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. Ota-onalarga maslahat, psixologik ko‘mak va amaliy tavsiyalar berilishi ularning bola rivojlanishini kundalik hayotda ham samarali qo‘llab-quvvatlashiga yordam beradi.

Samarqand jahon sammiti doirasida erta aralashuv masalasining muhokama qilinishi yana bir muhim g‘oyani ilgari suradi:
Bolaning kelajagiga investitsiyani maktab yoshidan emas, hayotning eng ilk bosqichlaridan boshlash kerak.

Chunki erta ko‘rsatilgan yordam — bu faqat bugungi qo‘llab-quvvatlash emas. Bu bolaning ertangi mustaqilligi, ta’lim olishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va to‘laqonli hayot kechirishi uchun yaratilgan imkoniyatdir.

Samarqand jahon sammiti — har bir bolaning salohiyatini erta anglash va uni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan muhim xalqaro muloqot maydoni.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
5,5300024
Photo
Sammitda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi

Sammitda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 16-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi (Toshkent vaqti bilan, UTC+5).

Barcha manfaatdor ishtirokchilardan belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.

💬💬💬🟡

Registration for the Summit Closes Today

Registration for the Summit will close today, 16 October 2026, at 23:59 Tashkent time (UTC+5).

Participants who have not yet registered are kindly requested to complete their registration before the deadline.

💬💬💬🟡

Регистрация на Саммит завершается сегодня

Обращаем ваше внимание, что регистрация на Саммит будет открыта до 23:59 16 октября 2026 года (по ташкентскому времени, UTC+5).

Просим всех заинтересованных участников завершить регистрацию до указанного времени.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
5,3100012
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi bu bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Samarqand shahrida xalqaro “Barnahus” modeli asosida “Najot” bolalar markazi tashkil etiladi.  Markazda jinsiy zo‘ravonlik va bolaning sha’ni hamda qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlardan jabrlangan bolalar bilan protsessual harakatlar amalga oshiriladi.

Bu jarayonlar psixolog xulosasi asosida, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan prokuror ishtirokida o‘tkazilib, majburiy audio va videoyozuvga olinadi. Yozuvlar dalil sifatida e’tirof etiladi, bu esa bolani sudga qayta chaqirish zaruratini kamaytiradi.

Qaror bilan, 2027-yil 1-yanvardan bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan advokatlar korpusi shakllantirilib, jabrlanuvchi yoki guvoh bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha 1246 ishonch telefoni 112 yagona dispetcherlik xizmati bilan integratsiya qilinadi.

Samarqand tajribasi asosida ushbu modelni boshqa hududlarda ham joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
7,9000023
Photo
#InvestInChildren2026
#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026

5 kun qoldi!

21–22-oktabr kunlari Samarqand bolalar farovonligi masalalariga bag‘ishlangan Jahon sammiti markaziga aylanadi.

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi ekspertlar hamda soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lib, bolalarning farovonligi, sog‘lig‘i, ta’limi, himoyasi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha eng muhim masalalarni muhokama qiladi.

Bu — bolalar kelajagi uchun yangi yondashuvlar, xalqaro hamkorlik va uzoq muddatli yechimlar shakllanadigan jahon miqyosidagi muloqot maydoni.

Samarqanddan yangraydigan g‘oyalar, tashabbuslar va hamkorliklar bolalar uchun yanada xavfsiz, adolatli va imkoniyatlarga boy kelajakni shakllantirishga xizmat qiladi.

Samarqand Jahon sammitigacha — 5 kun.

Bolalar farovonligiga sarmoya — kelajakka sarmoya.

Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
5,6800015
Davlat ko‘magi kimlarga va qanday beriladi?

2026/2027-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yil noyabr oyida 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilishi nazarda tutilgan.

Asosiy tamoyil — haqiqatan yordamga muhtoj oilalarni aniqlash va davlat ko‘magini ularga manzilli yetkazish.

1️⃣ 1-qadam. Dastlabki ro‘yxat shakllantiriladi

Avvalo:

— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar;
— o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar;
— yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar

bo‘yicha dastlabki ro‘yxat shakllantiriladi.

2️⃣ 2-qadam. Reyestrda bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar ham aniqlanadi

Mahalla yettiligi amalda yordamga muhtoj bo‘lgan qo‘shimcha oilalarni aniqlaydi.

Bunda, jumladan:

— boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
— I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar;
— nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
— uzoq muddatli davolanishga muhtoj a’zosi bor oilalar;
— yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar;
— bir xonadonda uch va undan ortiq oila yashayotgan oilalar;
— gaz ta’minoti va markazlashtirilgan isitish tizimi mavjud bo‘lmagan sharoitda yashayotgan oilalar

inobatga olinadi.

Bunda oilaning o‘rtacha bir oylik jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi belgilangan mezon — 2 MIHdan oshmasligi lozim.

3️⃣ 3-qadam. Mahalla tavsiyasi qayta tekshiriladi

Mahalla tomonidan tavsiya etilgan oilaga yordam avtomatik ravishda tayinlanmaydi. Har bir tavsiya belgilangan mezonlar asosida qayta tekshiriladi.

4️⃣ 4-qadam. Daromad va ijtimoiy holat elektron baholanadi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi oilalar haqidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekshiradi.

Oilaning daromadi va boshqa mezonlari vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlanadi.

Ya’ni yordam subyektiv qaror bilan emas, aniq mezonlar va mavjud ma’lumotlar asosida belgilanadi.

5️⃣ 5-qadam. Yakuniy ro‘yxat shakllantiriladi

Tekshiruvlardan so‘ng barcha talablarga mos oilalar yakuniy ro‘yxatga kiritiladi va 1 million so‘mlik bir martalik moddiy yordam fuqarolarning ijtimoiy karta va bank kartalariga o‘tkaziladi.

↗️ Natijada

1 mln 17 mingdan ortiq ehtiyojmand oilani qamrab olish va ularga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Davlat ko‘magi oilaning real ehtiyoji, daromadi va ijtimoiy holatidan kelib chiqib belgilanadi.

Bu mexanizm yordamni manzilli, adolatli va shaffof yetkazish hamda davlat mablag‘larini aynan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

❗️ Davomi keyingi postda: markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar uchun 1 million so‘mlik yordam qanday tartibda belgilanadi?

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
25,3000077
Qishda ehtiyojmand oilalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Energiya resurslari narxlarini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish jarayonida asosiy vazifalardan biri — ehtiyojmand oilalarni xarajatlarning keskin oshishidan himoya qilish.

Shu maqsadda 2026/2027-yilgi isitish mavsumi uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘zda tutilmoqda.

Xususan, 2026-yil noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilishi nazarda tutilgan.

Bunda yordam barcha oilalarga bir xil tarzda emas, balki ularning daromadi, ijtimoiy holati va real yashash sharoitidan kelib chiqib manzilli ravishda yo‘naltiriladi. Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan bir qatorda, reyestrga kirmagan, biroq amalda yordamga muhtoj bo‘lgan oilalar ham mahalla orqali aniqlanadi va ma’lumotlari elektron tizimlar orqali tekshiriladi.

Asosiy yondashuv qanday?

— yordam aynan ehtiyojmand oilaga yo‘naltiriladi.
— oilaning daromadi va ijtimoiy holati hisobga olinadi.
— mahalla tavsiyasi elektron ma’lumotlar asosida qayta tekshiriladi.

Inson manfaatiga yo‘naltirilgan — yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan hamda og‘ir hayotiy sharoitdagi oilalarga ustuvor e’tibor qaratiladi.

Ortiqcha hujjatbozliksiz — zarur ma’lumotlarning katta qismi davlat axborot tizimlaridan elektron shaklda olinadi.

Bu yondashuv xalqaro amaliyotga ham mos. Moldova, Serbiya, Turkiya, Chili, Misr va Qozog‘iston kabi davlatlarda energiya xarajatlarini yengillashtirishda umumiy subsidiyalardan ko‘ra, daromadi past va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga ustuvorlik beriladi. O‘zbekistonda ham Ijtimoiy reyestr va yagona elektron ma’lumotlar bazasi orqali aynan shu tamoyil kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, davlat ko‘magi faqat bir martalik yordam bilan cheklanmaydi. Elektr va gaz uchun kompensatsiyani davom ettirish, gazsiz hududlarda elektr energiyasining bazaviy me’yorini oshirish, shuningdek, xonadonlarning energiya samaradorligini yaxshilash bo‘yicha choralar ham nazarda tutilmoqda.

Bu — narxlarni sun’iy ushlab turish emas, balki ehtiyojmand oilalarni aniqlab, davlat yordamini aynan ularga manzilli yetkazishga asoslangan zamonaviy yondashuvdir.

Maqsad — bugungi xarajatni yengillashtirish bilan birga, oilalarning qish mavsumidagi moliyaviy yukini kamaytirish va davlat ko‘magini haqiqatan yordamga muhtoj fuqarolarga yetkazish.

Davomi keyingi postda: 1 million so‘mlik moddiy yordam kimlarga va qanday tartibda berilishi qadam-baqadam tushuntiriladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
10,8000041
🧠 “Milliy volontyorlik tashabbuslari” doirasida amalga oshirilayotgan “Eʼzoz” loyihasi yolgʻiz keksalarimizni qoʻllab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish va qalblariga iliqlik ulashishga qaratilgan.

Loyiha doirasida Andijon viloyati Humanae Volunteers jamoasi Andijon shahri, “Bogʻi Eram” mahallasida yashovchi onaxonning xonadonini obodonlashtirishda yordam berishdi.

Baʼzan inson uchun eng katta yordam – bu shunchaki yonida boʻlish, holidan xabar olish va “siz yolgʻiz emassiz” degan tuygʻuni his qildirishdir.

Biz esa ezgulik katta ishlardan emas, kichik eʼtibor va samimiy mehrdan boshlanishiga ishonamiz.

Inson volontyorlari insoniylik, mehr va yaxshilik ulashishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettiradi.

#Ezoz #HumanaeVolunteers #Volontyorlik #Inson

📝     💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
5,2200026
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining bu sohadagi vakolatlari aniqlashtirilib, jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy va huquqiy yordam choralari kengaytirilmoqda.

❗️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar – ularga va ularning voyaga yetmagan farzandlariga tegishincha nikoh tuzilganligi to‘g‘risida va tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar hamda yo‘qotilgan ID-karta va pasportlarni berganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

❗️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning bank kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish to‘g‘risida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi.

❗️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga olti oygacha muddatga joylashtirilishi mumkinligi Qonun bilan mustahkamlandi.

❗️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga davlat hisobidan malakali yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi joriy etilmoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar: alimentlarni undirish haqidagi; bolalarning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi; uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish haqidagi; otalikni belgilash yoki otalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi; bolaning yashash joyini belgilash haqidagi;
bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash to‘g‘risidagi; nikohdan ajratish haqidagi; mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi; mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilish haqidagi; mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi; ishga tiklash haqidagi; ish haqini undirish to‘g‘risidagi.

Bu choralar jabrlanganlarning huquqlarini tiklash, ularga manzilli ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.

📝     💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
8,1200024
Photo
«G‘amxo‘rlik» markazida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan izoh

Nogironligi bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘i, hayoti va xavfsizligi bilan bog‘liq har qanday masala chuqur e’tibor va mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilishi kerak.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «G‘amxo‘rlik» markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar, jumladan, 2-son «G‘amxo‘rlik» markazida ikki nafar bolaning vafoti haqida murojaat e’lon qilindi.

Avvalo, vafot etgan bolalarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Murojaatda ko‘tarilgan masala Agentlik tomonidan e’tiborsiz qoldirilmadi va mavjud ma’lumotlar o‘rganildi.

Murojaatda ikki nafar bolaning vafoti ularning sog‘lig‘i yetarli darajada nazorat qilinmagani bilan bog‘liqligi haqida fikr bildirilgan. O‘rganilgan tibbiy hujjatlarga ko‘ra, mazkur ikki holat bo‘yicha quyidagilar qayd etilgan:

2007-yilda tug‘ilgan bola 2026-yil 11-iyun kuni o‘tkir jarrohlik kasalligi belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan, 9 kun davomida davolangan va 20-iyun kuni vafot etgan.

2016-yilda tug‘ilgan ikkinchi bola uzoq vaqt davomida surunkali o‘pka kasalligi bo‘yicha davolangan. 25-iyul kuni kasallikning zo‘rayishi sababli shifoxonaga yuborilgan va shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holatlar qayd etilgan davrda 2-sonli «G‘amxo‘rlik» markazida 14 nafar shifokor va 28 nafar hamshira faoliyat yuritgan. Shifokorlar shtatini optimallashtirish jarayoni 2026-yil 25-avgust kuni yakunlangan. Bugungi kunda markazda shifokorlar uchun 2 ta shtat birligi va hamshiralar uchun jami 30,5 shtat birligi mavjud.

Tibbiyot xodimlari, shu jumladan, shifokorlar va hamshiralar bolalarning sog‘lig‘i holatini kuzatish, zarur hollarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ularni tibbiyot muassasasiga o‘z vaqtida yo‘naltirish uchun mas’ul.

Shu bilan birga, barcha markaz xodimlari tomonidan doimiy parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlashda ularning holatidagi har qanday o‘zgarishni o‘z vaqtida aniqlash va zarur yordamni ko‘rsatish nihoyatda muhim.

Agentlik uchun har bir bolaning hayoti va sog‘lig‘i eng katta qadriyat. «G‘amxo‘rlik» markazlarida parvarish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalasi doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Bunday nozik masalalarda xulosa chiqarishda rasmiy va tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanish muhim. Har bir murojaat esa e’tibor bilan o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

📝 https://t.me/IHMA_matbuotkotibi
4,6800020
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha

Bugun mamlakat aholisining 28 foizi – 10,9 million nafarni bolalar tashkil etadi. Shu bois bolalar huquqlarining ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur Qonun bilan bolaning huquq va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga o‘z vaqtida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan:

😲  Bolalarga oid jinoyat ishlarini sayyor sudlarda ko‘rish taqiqlanmoqda.

😲  Ta’lim tashkilotida tarbiya va ta’lim berish jarayonida bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etish, uni kamsitish yoki xo‘rlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash uchun 440 ming so‘mdan 2,06 mlngacha ma’muriy jarima jazosi belgilanmoqda.

😲  Notariuslarga bolani farzandlikka berish (olish), bolani vasiylik (homiylik)ka berishga oid arizada imzoning haqiqiyligini shahodatlash bo‘yicha murojaat qilinganda, ma’lumotlarni “Inson” markazlariga taqdim etish majburiyati yuklatilmoqda.

😲 Aliment to‘layotgan ota-onadan uning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, aliment to‘lashdan ozod qilish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lashi shart bo‘lgan otani yoki onani aliment to‘lashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.
Shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilishi belgilangan aliment miqdorini kamaytirish bo‘yicha ishlarda “Inson” markazlari jalb etiladi.

😲  Bolalarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxsning 1-yil davomida maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari hamda bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlanmoqda.

😲  Vasiy yoki homiyning bola nomidan meros va hadyani qabul qilishdan voz kechish huquqi bekor qilinmoqda.

yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalasida davlat boji to‘lanishidan ozod etilmoqda:
a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari – ota-ona yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiya qilish uchun qilingan qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish haqida kiritilgan arizalar bo‘yicha;
b) yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi yashaydigan joyga doimiy ro‘yxatga qo‘yganda.

😲  vasiy (homiy) yashash joyini o‘zgartirmoqchi, jumladan, boshqa mamlakatga ko‘chib ketmoqchi bo‘lsa hamda uning vasiyligi (homiyligi)dagi bola 10 yoshga to‘lgan bo‘lsa, ushbu bolaning roziligi talab etilishi belgilanmoqda.

Umuman, mazkur Qonun bola manfaatini ustuvor qo‘yish, uni zo‘ravonlikdan himoya qilish va huquqiy kafolatlarni kuchaytirishga qaratilgan. Eng muhimi, bolalar uchun yanada xavfsiz va himoyalangan muhit yaratiladi.

📝     💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
13,1000037
#ISO #SifatMenejmenti #Shaffoflik

Ijtimoiy inspeksiya faoliyati xalqaro standartlar asosida takomillashtirilmoqda

Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaga https://t.me/ijtimoiyinspeksiya standartlari bo‘yicha xalqaro hamda milliy sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur sertifikatlar Inspeksiya faoliyatida sifatli boshqaruv, shaffoflik, aniq mas’uliyat va korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy etilganini tasdiqlaydi.

Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati, sertifikatlashtiruvchi tashkilot vakillari, Ijtimoiy inspeksiya mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🎬 Tadbir tafsilotlari — videolavhada.

📝 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
6,6700024
Korrupsiya profilaktikasida maqsadlarni to‘g‘ri belgilash

🖋 Korrupsiyaning oldini olishda umumiy vazifalarni aniq maqsadlar, o‘lchanadigan natijalar va belgilangan muddatlarga ega profilaktik chora-tadbirlarga aylantirish muhim.

❗️ Bunday yondashuv korrupsiya xavflarini oldindan aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, ichki nazoratni kuchaytirish va ko‘rilayotgan choralar samaradorligini baholash imkonini beradi.

✅ Maqsadlarni belgilashda, avvalo, aniqlik, o‘lchanadigan natija, amalga oshiriluvchanlik, dolzarblik va aniq muddatga e’tibor qaratish lozim. Ya’ni, “korrupsiyaning oldini olish” kabi umumiy vazifa o‘rniga, muayyan xavfni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan aniq vazifa belgilanadi.

😮 Masalan, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavflarini aniqlash, ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni joriy etish.

Bunga amaliy misol:
“Tashkilotda korrupsiya xavflarini kamaytirish” degan umumiy maqsad o‘rniga, “Keyingi 3 oy davomida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlarning 100 foizini qayta baholash, har bir yuqori xavf bo‘yicha kamida bitta profilaktik chora belgilash va ularning ijrosini har oy monitoring qilish” kabi aniq maqsad qo‘yiladi.

↗️ Shu bois korrupsiya xavflarini muntazam qayta baholash, ko‘rilgan profilaktik choralar natijadorligini tekshirish va zarur hollarda ularni takomillashtirib borish bir martalik emas, balki doimiy jarayon bo‘lishi kerak.

📝 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
8,2900015
🧠 Bu haftaning “Ochiq muloqot soati”: “Sun’iy intellekt: sehr-jodu emas, ish quroli” mavzusida bo‘lib o‘tdi

🤝 “Ochiq muloqot soati”ning bu galgi mehmoni – http://Head.uz/ asoschisi, AI PRAKTIKUM va 1% Bilim loyihalari muallifi Xurshid Mirazikov bo‘ldi.

🎙 Xurshid Mirazikov Gemini, GPT, Claude, DeepSeek, Llama va NotebookLM kabi sun’iy intellekt vositalarining ishlash tamoyillari hamda ular bilan to‘g‘ri ishlash usullarini tushuntirdi va amaliyotda ko‘rsatib berdi.

👮‍♂️ Qiziqarli va savollarga boy o‘tgan ochiq muloqot ishtirokchilarga sun’iy intellekt texnologiyalari haqida kengroq tushuncha olish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

📝 💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d 🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8 🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
6,9000032
Xorazmda 156 ta ehtiyojmand oila munosib uy-joy bilan ta’minlanadi

Uy-joy sharoitining og’irligi oilaning ijtimoiy holatiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Munosib va xavfsiz yashash sharoitining yo‘qligi oilaning barqaror hayot kechirishi va mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishiga qo‘shimcha to‘siqlar yaratadi.

Oilani qo‘llab-quvvatlashda esa uning ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan holda zarur sharoitlarni yaratish muhim. Barqaror hayot uchun moddiy ko‘mak, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, ta’lim va tibbiy yordam bilan bir qatorda, munosib va xavfsiz uy-joy ham ana shunday muhim omillardan biridir.

Shu maqsadda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “InFinBank” AJ va Xorazm viloyati hokimligi o‘rtasida ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv doirasida 156 ta ehtiyojmand oilaning ijtimoiy holati va uy-joyga bo‘lgan real ehtiyoji o‘rganilib, ularni munosib xonadon bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Loyiha doirasida Agentlik Xorazm viloyati hokimligi tomonidan taqdim etilgan oilalar ro‘yxatini o‘z vakolatlari doirasida o‘rganadi, ularning ijtimoiy holati hamda uy-joyga bo‘lgan real ehtiyojini baholaydi.
Mazkur tashabbus Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham amalga oshirilgan. Uch tomonlama memorandum doirasida yangi xonadonga ega bo‘lgan edi. Endi esa ushbu tashabbus Xorazm viloyatida davom ettirilmoqda.
156 ta oila uchun bu shunchaki yangi xonadon emas. Bu — xavfsiz yashash muhiti, oilaviy barqarorlik va kambag‘allikdan chiqish yo‘lida muhim qadam.

📝     💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
8,8300049

Showing 30 of 103 posts

Valutazione

Accesso richiesto

Frequently Asked Questions

Di cosa parla il canale Telegram Ijtimoiy himoya milliy agentligi?+

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (@ijtimoiyhimoya_agentligi) è un canale Telegram elencato in Romanzi su tgdio. Questo profilo mostra classifica, valutazioni, recensioni e post recenti così puoi decidere prima di iscriverti su Telegram. Al momento elenca circa 38.766 iscritti su tgdio.

Come mi unisco a Ijtimoiy himoya milliy agentligi (@ijtimoiyhimoya_agentligi) su Telegram?+

Apri il profilo del canale su tgdio, poi usa Join / Open in Telegram per andare su @ijtimoiyhimoya_agentligi nell’app o sul web di Telegram e iscriverti gratis.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi è un buon canale Romanzi?+

Su tgdio puoi controllare valutazione, recensioni, classifica e ultimi post di Ijtimoiy himoya milliy agentligi prima di unirti. Al momento elenca circa 38.766 iscritti su tgdio. Confrontalo con canali Romanzi simili.

Dove vedo le statistiche e i post di Ijtimoiy himoya milliy agentligi?+

Su tgdio, apri la pagina @ijtimoiyhimoya_agentligi per statistiche iscritti, classifica, valutazioni e post recenti. Usa il link Stats per grafici di crescita e attività.