Ilmiy-o‘quv amaliy markazi Telegram channel photo

Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

@ilmiymarkazuzPublic Channel

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

ReligioneitalianoItalia

43.1k

Last views

11.4k (11,436 subscribers)
Membri
—
Rating
51
Total Posts
Oct 20, 2026, 3:03 AM
Aggiornato
Mar 25, 2026
Created
Stats

Stai visualizzando contenuti in italiano. Per visualizzare contenuti in un'altra lingua, cambia la lingua del sito web.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIlmiy-o‘quv amaliy markazi
Username@ilmiymarkazuz
CategoryReligione
Languageitaliano
CountryItalia
Membri11,436
Channel TypePublic Channel
Created25 mar 2026
Last Updated20 ott 2026 • l’altro ieri
StatusActive

Classifica

Classifica globale
#133652+398
Classifica per lingua
#1410+4
Classifica per categoria
#2334+4

Crescita abbonati

Totale: 11.4K30 Days growth: +990.9%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Crescita abbonati - 30 Days
DateSubscribers
20:09:202611,337
21:09:202611,337
22:09:202611,337
23:09:202611,337
24:09:202611,293
25:09:202611,293
26:09:202611,293
27:09:202611,293
28:09:202611,293
29:09:202611,293
30:09:202611,293
01:10:202611,293
02:10:202611,293
03:10:202611,293
04:10:202611,293
05:10:202611,293
06:10:202611,293
07:10:202611,293
08:10:202611,293
09:10:202611,293
10:10:202611,293
11:10:202611,293
12:10:202611,205
13:10:202611,205
14:10:202611,205
15:10:202611,205
16:10:202611,205
17:10:202611,205
18:10:202611,205
19:10:202611,436
Crescita abbonati - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:202610,527
Week of 30:03:202610,498
Week of 06:04:202610,426
Week of 13:04:202612,363
Week of 20:04:202612,303
Week of 27:04:202612,303
Week of 04:05:202612,476
Week of 11:05:202612,476
Week of 18:05:202612,476
Week of 25:05:202612,157
Week of 01:06:202612,157
Week of 08:06:202611,927
Week of 15:06:202611,927
Week of 22:06:202611,754
Week of 29:06:202611,754
Week of 06:07:202611,754
Week of 13:07:202611,316
Week of 20:07:202611,143
Week of 27:07:202611,159
Week of 03:08:202611,159
Week of 10:08:202611,066
Week of 17:08:202611,066
Week of 24:08:202611,154
Week of 31:08:202611,229
Week of 07:09:202611,229
Week of 14:09:202611,337
Week of 21:09:202611,293
Week of 28:09:202611,293
Week of 05:10:202611,293
Week of 12:10:202611,205
Week of 19:10:202611,436
Crescita abbonati - Monthly
DateSubscribers
March 202610,527
April 202612,303
May 202612,157
June 202611,754
July 202611,159
August 202611,154
September 202611,293
October 202611,436
Crescita abbonati - Yearly
DateSubscribers
202611,436

Ultimi post

Photo
🇺🇿 O‘zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash imtihoni tashkil etildi

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2026-yil 15-oktabr kuni o‘zbek tili bo‘yicha malaka imtihoni tashkil etildi.

🖥 Imtihon onlayn shaklda, CEFR mezonlari asosida A1, A2 va B1 darajalarda o‘tkazilib, quyidagi ko‘nikmalar asosida tashkil etildi:

🔸 Tinglab tushunish
🔸 O‘qish
🔸 Yozish
🔸 Gapirish

🔰 Imtihonning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash hamda ularning til ko‘nikmalarini xolis va shaffof baholashdan iborat.

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
43,100000
Photo
🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢

🇺🇸 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan YOZISH (Writing) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

📅 Boshlanishi: 27-oktabr, soat 15:00
💻 Ta’lim shakli: Onlayn
⏱️ Davomiyligi: 36 soat
🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili

📌 KURSDA SIZ:
🔹 Writing ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz;
🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz;
🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz.

📝 RO‘YXATDAN O‘TISH

📅 25-oktabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
registration.ilmiymarkaz.uz

🎓 MUHIM!
Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi tegishli sertifikat va diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

📌 Eslatma: Ekspertlikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ingliz tilini bilishi bo'yicha C1 darajadagi tegishli sertifikat, shuningdek, Writing ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. TKT va APTIS sertifikatlari ushbu talab doirasida inobatga olinmaydi.
📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
61,700000
Photo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

🇺🇸 iTEP va At-tanal Al-arabi xalqaro imtihonlari tashkil etildi.

🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan 2026-yil 15-oktabr kuni xalqaro til imtihonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

🤝 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini hamda At-tanal Al-arabi — arab tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihonlari xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni taqdim etadi hamda ishtirokchilarning til ko‘nikmalarini obyektiv baholash imkonini yaratadi.

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
64,500000
Photo
🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢

🎙 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan GAPIRISH (Speaking) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

📅 Boshlanishi: 27-oktabr, soat 15:00
💻 Ta’lim shakli: Onlayn
⏱️ Davomiyligi: 36 soat
🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili

📌 KURSDA SIZ:
🔹 Speaking ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz;
🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz;
🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz.

📝 RO‘YXATDAN O‘TISH
📅 25-oktabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
registration.ilmiymarkaz.uz

🎓 MUHIM: Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi sertifikat, shuningdek, Speaking ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi va tegishli diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
73,400000
Photo
🟦🟦🟦

🏆 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi — “Jonajon o‘zbek tilim!” tanlovi g‘olibi!

🇺🇿 O‘zbek tilini xalqaro miqyosda targ‘ib etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yuksak e’tirof etildi!

2026-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan “Jonajon o‘zbek tilim!” tanlovida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi “O‘zbek tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish” yo‘nalishida g‘olib deb topildi!

🎉 Ushbu e’tirof — o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va uning dunyo miqyosidagi qo‘llanish doirasini kengaytirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning munosib natijasidir.

🔰 Markaz tomonidan o‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, chet el fuqarolarining tilni o‘rganishiga ko‘maklashish hamda ularning o‘zbek tilini bilish darajasini rasman tasdiqlash imkoniyatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🖥 Bu boradagi muhim qadamlardan biri — “O‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni” (Uzbek Language Proficiency Test) tizimining joriy etilishidir. Mazkur tizim xorijiy fuqarolarning o‘zbek tilini bilish ko‘nikmalarini baholash, tilni o‘rganish natijalarini xolis aniqlash va tegishli malaka sertifikatini olish imkoniyatini yaratishga xizmat qilmoqda.

🌍 O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish, uni dunyo bo‘ylab keng targ‘ib etish va o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi!

✅ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
99,100000
Photo
✍️ Agentlik delegatsiyasi xalqaro kongressning navbatdagi kunida ishtirok etdi

📆 7-oktyabr kuni Turkiyaning Denizli shahridagi Pamukkale universitetida o‘tkazilayotgan Ta’lim va psixologiyada o‘lchash va baholash bo‘yicha X xalqaro kongressi (CMEEP 2026) doirasidagi tadbirlarda Agentlik delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

👥 Kongressning navbatdagi kunida ta’limdagi o‘lchash va baholashning zamonaviy yondashuvlari, kasbiy ko‘nikmalarni baholash hamda baholash tizimlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va parallel sessiyalar tashkil etilmoqda.

☑️Shuningdek, kunning muhim tadbirlaridan biri — “Turkiy davlatlarning o‘lchash va baholash markazlarining uchrashuvi” mavzusidagi panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘lchash va baholash sohasidagi tajriba almashinuvi, amaliyotda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

❗️Mazkur sessiyada Agentlikning mamlakatimizda ta’limni baholash tizimini takomillashtirish, test topshiriqlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, zamonaviy psixometrik yondashuvlarni joriy etish, baholash jarayonlarini raqamlashtirish hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

✴️Tadbir doirasida turkiy davlatlarning baholash tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4,160000
Photo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

📣 DIQQAT! E'LON!

🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda

🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 4-noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi

📱 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 2-noyabr soat 9:00 ga qadar

📍 Imtihon ushbu hududlar da tashkil etiladi:

🔸 Toshkent shahri
🔸 Namangan viloyati
🔸 Samarqand viloyati

☎️ Murojaat uchun:
🔹(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
56,300000
Photo
🇺🇿 O'zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash va sertifikatlash uchun test sinovi tashkil etildi

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2026-yil 2-oktabr kuni “Uzbek language proficiency examination for foreign citizens” elektron platformada o‘zbek tili bo‘yicha malaka sertifikati imtihoni tashkil etildi.

🌍 Mazkur imtihonda qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga kelib ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etdilar.

🖥 Imtihon onlayn shaklda, CEFR mezonlari asosida A1, A2 va B1 darajalarda o‘tkazilib, ishtirokchilarning quyidagi ko‘nikmalari CEFR mezonlari asosida baholanadi:

🔸 Tinglab tushunish
🔸 O‘qish
🔸 Yozish
🔸 Gapirish

🔰 Imtihonning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash hamda ularning til ko‘nikmalarini xolis va shaffof baholashdan iborat.

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
97,100000
Photo
#Rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.

Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.

Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil sentyabr-dekabr oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).

Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.

✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5,040000
Photo
🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🤝 Tadbir davomida:
✅ SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari;
✅ xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
✅ ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.

📅 Sana: 12-oktabr, 2026-yil
🕘 Vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent

📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:  https://shorturl.at/MFfKM

💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
5,600000
Photo
📢 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI!

📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan YOZISH (Writing) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.
📅 Boshlanishi: 10-sentabr, soat 15:00
💻 Ta’lim shakli: Onlayn
⏱️ Davomiyligi: 36 soat
🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili
📌 KURSDA SIZ:
🔹 Writing ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz;
🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz;
🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz.
📝 RO‘YXATDAN O‘TISH
📅 8-sentabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://registration.ilmiymarkaz.uz/
🎓 MUHIM!
Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi tegishli sertifikat va diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
📌 Eslatma: Ekspertlikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ingliz tilini bilishi bo'yicha C1 darajadagi tegishli sertifikat, shuningdek, Writing ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. TKT va APTIS sertifikatlari ushbu talab doirasida inobatga olinmaydi.
📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi.

☎️ Murojaat uchun: https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
84,300000
Photo
🎙 TOSHKENT SHAHRIDA ILK BOR — COLLEGE BOARD SAT | AP DAY XALQARO TADBIRI!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida “College Board SAT | AP Day” xalqaro tadbiri o‘tkaziladi.

🤝 Mazkur tadbir ta’lim sohasidagi mutaxassislar, umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ta’lim dasturlariga qiziquvchi pedagoglar hamda ta’lim sohasi ekspertlarini bir maydonga jamlaydi.

🔰 Tadbir doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
🔹 SAT va AP dasturlarining ta’limdagi o‘rni va imkoniyatlari;
🔹 xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
🔹 o‘quvchilarning akademik salohiyatini xalqaro mezonlar asosida baholash;
🔹 xalqaro ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar;
🔹 College Board va boshqa xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot hamda hamkorlik istiqbollari.

👧 Tadbir ishtirokchilar uchun xalqaro baholash va oliy ta’limga qabul jarayonlaridagi so‘nggi tendensiyalar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkonini beradi.

🗓 Sana: 2026-yil 12-oktabr
🕘 Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent shahri
📝 Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi:

🔗 https://shorturl.at/MFfKM

Xalqaro ta’lim va baholash sohasidagi nufuzli tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

☎️ Murojaat uchun: https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
70,500000
📢 SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 22-avgust kuni Agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi.

Ma’lumki, mazkur imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim.

❗️ Shu munosabat bilan, quyida qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi:

https://bluebook.collegeboard.org/technology/devices/requirements/overview.

⚠️ Muhim: Bluebook dasturi endilikda Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan.

⚠️ Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.

📍 Respublika bo'yicha SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉 https://telegra.ph/SAT-imtihoni-otkaziladigan-joylar-08-20

Barcha talabgorlarni imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiramiz.


✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
100,000000
#Mustaqillikning_35_yilligi

Erkinlikdan bunyodkorlikka, bunyodkorlikdan taraqqiyotga!

🎥 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Agentlik tomonidan faoliyati, zamonaviy yondashuvlari hamda inson manfaatiga yo‘naltirilgan mehnati kamtarona e'tirof etilgan videorolik tayyorlandi.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

https://youtu.be/LpCA183GK-Y (HD formatda)

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
Video Thumbnail
6,640000
Photo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

📣 DIQQAT! E'LON!

🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda

🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 14 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 12-avgust soat 9:00 ga qadar

📍 Imtihon ushbu https://telegra.ph/xalqaro-imtihonlar-03-10 da tashkil etiladi.

☎️ Murojaat uchun: https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
68,300000
Photo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

🏢 Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TKT (Teaching Knowledge Test) imtihoni tashkil etilmoqda.

Imtihon sanasi:

🗓 13-sentabr- Modul 1, 2, 3

Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:

https://yandex.uz/maps/-/CLXjvFOR
https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A
https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5

🔸 Imtihon uchun to'lov miqdori (chegirma asosida har bir modul uchun):
850 000 so‘m ➝ 650 000 so‘m
🔸 Mazkur imtihon ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro darajada o‘z bilim va malakalarini baholash imkoniyatini beradi.

Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 http://registration.ilmiymarkaz.uz/

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
90,100000
Photo
🏢 The Scientific-Educational Practical Center is pleased to announce the launch of the Uzbek language proficiency examination for foreign citizens.

The examination is conducted for the following proficiency levels: A1, A2, and B1, providing candidates with the opportunity to officially confirm their level of Uzbek language competence in accordance with approved standards.

📝 Registration is now open and will continue until August 13.
📅 Examination date: August 17.
🕙 Time: 10:00 AM

Applicants must complete their registration online via the official platform: http://uzpro.uzbmb.uz/
We encourage all interested candidates to register within the deadline and take advantage of this opportunity to obtain an officially recognized Uzbek language proficiency certificate.

✔️Official Pages of the Scientific and Educational Practical Center:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
68,800000
Photo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

✍️ SAT imtihon sanalari rasman e’lon qilindi!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi College Board tashkiloti bilan hamkorlikda SAT imtihonlari quyidagi sanalarda tashkil etiladi.

🗓 2026-yil
🔹 22-avgust
🔹 12-sentabr
🔹 3-oktabr
🔹 7-noyabr
🔹 5-dekabr

🗓 2027-yil
🔹 6-mart
🔹 1-may
🔹 5-iyun

🎓 SAT imtihonida ishtirok etishni rejalashtirayotgan abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tish muddatlarini diqqat bilan kuzatib borishlari so‘raladi.

📍 SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉 https://telegra.ph/SAT-imtihoni-otkaziladigan-joylar-01-26

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
76,900000
Photo
🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🤝 Tadbir davomida:
✅ SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari;
✅ xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
✅ ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.

📅 Sana: 12-oktabr, 2026-yil
🕘 Vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent

📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:   https://shorturl.at/MFfKM

💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
101,000000
Photo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

📣 DIQQAT! E'LON!

🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda

🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 14 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 12-avgust soat 9:00 ga qadar

📍 Imtihon ushbu https://telegra.ph/xalqaro-imtihonlar-03-10 da tashkil etiladi.

☎️ Murojaat uchun: https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
62,500000
Video
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Milliy sertifikat – yoshlar tanloviga aylanmoqda!

So‘nggi yillarda milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishga bo‘lgan qiziqish keskin oshib bormoqda. Bu esa yoshlarimiz orasida mustaqil ta’lim, kitobxonlik va bilimga intilish tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar tahlili ham bu fikrni to‘liq tasdiqlaydi.

Joriy yilda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 193 186 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilda 85 140 nafar bo‘lgan edi.

Chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni esa 125 354 nafarga yetdi. 2025-yilda mazkur ko‘rsatkich 58 216 nafarni tashkil etgan.

Bu raqamlar bir yilning o‘zida sertifikat olishga intilayotgan yoshlar soni bir necha barobar oshganini yaqqol namoyon etmoqda.

Eng e’tiborli jihatlardan biri — joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishdan ozod etildi va ularning bilim darajasi e’tirof etilgan holda bevosita tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur toifadagi abituriyentlarga test topshirish talab etilmagani sababli ular uchun "Abituriyent ruxsatnomasi" ham shakllantirilmadi.

Taqqoslash uchun, 2025-yilda bu imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi.

Bu esa milliy va xalqaro sertifikatlarning nafaqat ta’lim tizimidagi ahamiyati oshib borayotganini, balki yoshlarimiz bilimni mustaqil ravishda egallash, o‘z ustida ishlash va yuqori natijaga intilishni hayot tarziga aylantirayotganini ko‘rsatadi.

Har bir qo‘lga kiritilgan sertifikat ortida katta hajmdagi mehnat, o‘nlab kitoblar mutolaasi, tinimsiz izlanish va mustahkam iroda mujassam.

Yuqoridagi videoda sertifikatga ega abituriyentlar fikrlarini eshiting, mulohazalari bilan tanishing. Bu sizga yo‘l tanlashda yordam beradi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
4,310000
#Qabul2026 #Abituriyent2026

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

🎥 "Test materiallaridan foydalanish" tartibi bo'yicha videoqo'llanma tayyorlandi.

Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.

❗️ Barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

https://youtu.be/IoAiepWUoXA (HD formatda)


✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
Video Thumbnail
6,240000
Photo
#Qabul2026 #Abituriyent2026

SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!

🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan:

✔️1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

✔️2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin.

📱 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan.

‼️ SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi.

Batafsil https://t.me/eduuz

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
6,740000
Photo
#Qabul2026 #Abituriyent2026

📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!

Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi

🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni http://my.uzbmb.uz/ saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin.

🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz https://www.facebook.com/dtmuzb/ https://instagram.com/dtmuzb/ https://www.youtube.com/@BaholashUz
4,970000
Photo
#Qabul2026 #Abituriyent2026

📢 DIQQAT, E"LON!

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

📱 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida ( http://my.uzbmb.uz/ saytida) e’lon qilindi.

❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
5,860000
Photo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

TKT xalqaro imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi

🗓 Joriy yilning 14-iyun  sanasida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan TKT (Teaching Knowledge Test) xalqaro imtihoni yuqori saviyada tashkil etildi.

↗️ Mazkur imtihon ishtirokchilarning ingliz tilini o‘qitish metodikasi, pedagogik kompetensiyalari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.

↗️ TKT xalqaro imtihoni natijalari ishtirokchilarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish, xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatga ega bo‘lish hamda ta’lim sohasidagi faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
| https://instagram.com/ilmiymarkaz_uz/ | https://www.youtube.com/@ilmiy-oquvamaliymarkaz
64,300000
#Ovozli_chat

Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat

📆 2026-yil 9-iyun kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi https://t.me/BaholashUz ( https://t.me/BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

💻 Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana https://t.me/BBA_ovozli_efir_0906 qoldirishingiz mumkin.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
6,950000

Showing 30 of 51 posts

Valutazione

Accesso richiesto

Frequently Asked Questions

Di cosa parla il canale Telegram Ilmiy-o‘quv amaliy markazi?+

Ilmiy-o‘quv amaliy markazi (@ilmiymarkazuz) è un canale Telegram elencato in Religione su tgdio. Questo profilo mostra classifica, valutazioni, recensioni e post recenti così puoi decidere prima di iscriverti su Telegram. Al momento elenca circa 11.436 iscritti su tgdio.

Come mi unisco a Ilmiy-o‘quv amaliy markazi (@ilmiymarkazuz) su Telegram?+

Apri il profilo del canale su tgdio, poi usa Join / Open in Telegram per andare su @ilmiymarkazuz nell’app o sul web di Telegram e iscriverti gratis.

Ilmiy-o‘quv amaliy markazi è un buon canale Religione?+

Su tgdio puoi controllare valutazione, recensioni, classifica e ultimi post di Ilmiy-o‘quv amaliy markazi prima di unirti. Al momento elenca circa 11.436 iscritti su tgdio. Confrontalo con canali Religione simili.

Dove vedo le statistiche e i post di Ilmiy-o‘quv amaliy markazi?+

Su tgdio, apri la pagina @ilmiymarkazuz per statistiche iscritti, classifica, valutazioni e post recenti. Usa il link Stats per grafici di crescita e attività.