Kunimizda bazilarga kerak bo’lgan odoblar!
📱Telefonda soʻzlashish odoblari
1. Qoʻngʻiroq qilish vaqtini inobatga olish:
Qoʻngʻiroq qilish uchun munosib vaqtni tanlash lozim. Odamlar, odatda, oʻz muhim ishlari bilan band boʻladigan yoki dam oladigan (uxlaydigan) vaqtlarda qoʻngʻiroq qilinmaydi.
2. Qoʻngʻiroq qilishda me’yorga rioya qilish:
Qoʻngʻiroqlar sonida moʻtadillik va me’yorga amal qilish lozim. Qoʻngʻiroqni bezovta qiladigan darajada uzoq davom ettirmaslik, ortiqcha turib olmaslik va haddan oshmaslik kerak.
3. Qoʻngʻiroq qiluvchining oʻz ismini aniq aytishi (oʻzini tanishtirishi):
Jobir roziyallohu anhu aytadi: «Otamning zimmasidagi qarzi xususida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, eshik qoqdim. U zot: «Kim bu?» dedilar. «Men», dedim. Shunda u zot buni yoqtirmagandek: «Men, men», dedilar». Imom Buxoriy rivoyati.
4. Qoʻngʻiroq qiluvchining suhbat boshida va oxirida salom berishi:
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan birortangiz bir majlisga kelsa, salom bersin, qaytmoqchi boʻlsa, yana salom bersin. Birinchi salom ikkinchisidan haqli emas». Abu Dovud va Termiziy rivoyati.
5. Ovoz balandligini me’yorda saqlash:
Bezovta qiluvchi baland ovozsiz yoki maqsadni ifoda eta olmaydigan darajada past ovozsiz, eshitilarli odatiy me’yorda soʻzlashish lozim. Shuningdek, me’yordan ortiq shoshqaloqlikka yoki haddan tashqari sekinlikka yoʻl qoʻymaslik kerak.
✍️
@toliblarga_nasihat