Alijon Ravshanov | Rasmiy Telegram channel photo

Alijon Ravshanov | Rasmiy

@alijon_ravshanovPublic Channel

Iqtisodchi | PE & VC Investori | Ishonch, axloq va Islom iqtisodiyoti asosida sheriklik tarafdori.

670

Last views

1.5k (1,472 subscribers)
Membri
—
Rating
30
Total Posts
Oct 18, 2026, 12:35 PM
Aggiornato
May 28, 2026
Created
Stats

Stai visualizzando contenuti in italiano. Per visualizzare contenuti in un'altra lingua, cambia la lingua del sito web.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAlijon Ravshanov | Rasmiy
Username@alijon_ravshanov
CategoryBorsa e Trading
Languageitaliano
CountryItalia
Membri1,472
Channel TypePublic Channel
Created28 mag 2026
Last Updated18 ott 2026 • 4 giorni fa
StatusActive

Classifica

Classifica globale
#35092+82
Classifica per lingua
#335+4
Classifica per categoria
#434+1

Crescita abbonati

Totale: 1.5K30 Days growth: +1279.4%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Crescita abbonati - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20261,345
20:09:20261,345
21:09:20261,351
22:09:20261,351
23:09:20261,351
24:09:20261,351
25:09:20261,351
26:09:20261,351
27:09:20261,351
28:09:20261,351
29:09:20261,351
30:09:20261,351
01:10:20261,351
02:10:20261,351
03:10:20261,351
04:10:20261,351
05:10:20261,351
06:10:20261,351
07:10:20261,351
08:10:20261,351
09:10:20261,351
10:10:20261,351
11:10:20261,351
12:10:20261,351
13:10:20261,351
14:10:20261,351
15:10:20261,351
16:10:20261,351
17:10:20261,351
18:10:20261,472
Crescita abbonati - Weekly
DateSubscribers
Week of 25:05:20261,272
Week of 01:06:20261,272
Week of 08:06:20261,272
Week of 15:06:20261,272
Week of 22:06:20261,272
Week of 29:06:20261,272
Week of 06:07:20261,307
Week of 13:07:20261,307
Week of 20:07:20261,307
Week of 27:07:20261,307
Week of 03:08:20261,307
Week of 10:08:20261,307
Week of 17:08:20261,338
Week of 24:08:20261,338
Week of 31:08:20261,339
Week of 07:09:20261,345
Week of 14:09:20261,345
Week of 21:09:20261,351
Week of 28:09:20261,351
Week of 05:10:20261,351
Week of 12:10:20261,472
Crescita abbonati - Monthly
DateSubscribers
May 20261,272
June 20261,272
July 20261,307
August 20261,338
September 20261,351
October 20261,472
Crescita abbonati - Yearly
DateSubscribers
20261,472

Ultimi post

Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

17 ott 2026, 22:17

Agar siz rahbar yoki biznes asoschisi sifatida ishga olgan xodimlaringiz hech qachon fikringizga qarshi chiqmagan, qarorlaringizga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, demak:

1. Siz hali kuchli insonlarni jamoangizga jalb qilmagansiz.

2. Yoki kuchli insonlarni ishga olgansiz-u, ular siz bilan bahslashishdan foyda yo‘qligini allaqachon tushunib yetishgan.

3. Yoki siz haqiqiy dahosiz!
6700058
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

17 ott 2026, 10:56

To'g'ri, farzandlarimizga bolaligidan yaxshi ta'lim berishimiz kerak. Ingliz tili, arab tili, rus tili, hisob-kitob, mental arifmetika, chiroyli gapirish va boshqa ilmlarni bolalikdan olsa, kelajakda ko'p asqotadi.

Lekin, ta'lim bilan birga go'zal odob berishni ham unutmaslik kerak.

Hamza Yusufning bir gapi bor:

Agar farzandlarga kichikligida ko'p mehr, muhabbat, e'tibor berilsa, kelajakda ular e'tibortalab, doimo o'zini boshqalarga isbotlashga urinuvchi, olqish va e'tiroflarga o'ch shaxslar bo'lib yetishmaydi. Chunki ular bolaligidayoq bunga to'yingan bo'ladi.

Demak, ota-ona bolasiga odob bilan birga mehr-muhabbatni ham yetarli darajada berishi kerak ekan.
1,0400064
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

15 ott 2026, 12:40

Ma’hadimizda o’qiydigan bir talabamiz xo'jayinlari bilan ushbu o'quv markazni ochishibdi.

Yaxshi o’qituvchilarni jalb qilganmiz, deyishdi.

Toshkent shahrida Katta Nurafshon yo’lining yoqasida Riviera to'g'risidagi qatorda joylashgan ekan.
8660011
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

15 ott 2026, 12:35

Photo1/2
📢 Nour Academyda offline darslar uchun yangi guruhlarga qabul boshlandi!

📚 Yo‘nalishlar:
🇸🇦 Arab tili
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
👧🏻 Ilk qadam bolalar markazi (3–6 yosh)
Qiziqarli mashg‘ulotlar orqali tillar va mental arifmetika o‘rgatiladi.

📖 ARAB TILINI O‘RGANISHNI YANGI BOSQICHDAN BOSHLANG!

❔Arab tilini shunchaki o‘rganish emas, uni tushunib, to‘g‘ri va izchil o‘zlashtirishni xohlaysizmi?

Unda siz uchun ayni imkoniyat! ✨

📚 Sizni nimalar kutmoqda?

1️⃣ Ustoz bilan yuzma-yuz mashg‘ulotlar
2️⃣ Bosqichma-bosqich ta’lim
3️⃣ Alohida kattalar va kichiklar guruhlari
4️⃣ Alohida ayollar guruhi
5️⃣ Individual va oilaviy guruhlar
6️⃣O‘rganishga motivatsiya beradigan samimiy va qulay muhit
7️⃣ Eng asosiysi doimiy chegirmalar

⏳ Joylar cheklangan. Guruh to‘lgach, qabul yopiladi.

💬 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun hoziroq murojaat qiling: @nourinfo1

📍 Manzil: Nurafshon ko'cha, Sebzor 4A. Rivera savdo markazi to'g'risida.

📍 Nour Academy — ilm sari nurli yo‘l💡
8280011
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

12 ott 2026, 18:07

Photo1/2
AAOIFI ning ikki kunlik konferensiyasi ham nihoyasiga yetdi. Qiziqarlii va dolzarb mavzular yoritildi. Mavridi kelganda bular haqida yozarman, balki.

AAOIFI vakillari biz O’zbekistonliklarni katta delegatsiya bo’lib borganimizdan xursand bo’lishdi (jami 8 ta edik).
MDH mamlakatlaridan, odatda, bunaqa katta delegatsiya bo’lib borishmaydi. Ochig’i, bizlar ham birinchi bor ko’p bo’lib borgan bo’lsak kerak, menimcha!

Yonimdagi kishi Saidjamol domla — Markaziy Bank huzuridagi Islomiy Moliya Kengashi raisi bo’ladilar. Domla bizning Ma’hadda dars ham beradilar.
9730039
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

10 ott 2026, 22:50

Photo1/2
AAOIFI bosh ofisi joylashgan Bahrayn poytaxti Manamaga keldik. Ertadan AAOIFI’ning Shariat Ulamolari Kengashining 24-yillik konferensiyasi boshlanadi.

Ilgari bir-ikki marta online ishtirok etgandim, birinchi marta jonli qatnashishim bo’ladi, inshaAlloh.
1,14000107
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

08 ott 2026, 22:13

Tushkunlik haqida

Munajjimlar uni yulduzlar harakatiga bog'laydi.

Tabiblar taom va uning hazm bo'lish jarayoniga bog'laydi.

Ruhshunoslar ruhiyat toliqishi kabi sabablarga bog'laydi.

Ulamolar esa: "Tushkunlik Alloh qo'shinlaridan bir qo'shindir. U seni chuqurroq taffakkur qilishga undash uchun keladi", deydilar.

Imom G'azzoliy
1,74000114
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

04 ott 2026, 21:18

Qo'qonga kelganimni bilgan ba'zi qo'qonlik kanalimiz kuzatuvchilari bilan bugun ertalab ko'rishib, tanishib, suhbatlashdik. Shogirdlar davrasida bo'lgan bu suhbat yoshlar uchun ancha qiziq bo'ldi. Mening o'zim uchun ham qiziq bo'ldi, aslida.

Azizjon aka Iqtisodiyot va Moliya Vazirligida (ayni paytda University of Malayada ham Islom moliyasidan PhD qilayotgan ekan), Nozimjon aka Ijtimoiy Himoya Milliy Agentligida, Farhod aka Dang'arada intensiv bog' bilan faoliyat yuritar ekanlar.

Suhbat asnosida eshitgan bir-ikki narsalarni ulashmoqchiman.

Covid pandemiyasidan keyin bizda Autizm bilan tug'ilayotgan bolalar soni keskin ortmoqda ekan (Autizmda bolaning miya rivojlanishida o'zgarish ro'y berib, bola o'z olamida yashaydi, atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochadi).

Buni davolash osonmasligi uchun davlatimiz xususiy tadbirkorlar bilan sheriklik asosida maxsus davolash maskanlarini yo'lga qo'ymoqda (hozircha respublika bo'yicha 428 ta yetgan). Ota-ona bolasini ertalab tashlab ketadi, kechqurun 17:00 da olib ketadi -- bolakay kun bo'yi malakali shifokor va murabbiylar nazoratida bo'ladi. Bunday bolalar ustidan qancha ko'p ishlasalar, birga muloqot qilsalar, shuncha tez tuzalib ketishi mumkin. Albatta, autizmning darajalari ham turliicha bo'larkan.

Ko'p ota-onalarning bunday farzandlar bilan uzoq ishlashga toqatlari qolmaydi, qanday ishlashni ham aslida bilmaydilar --- davlatimizning bu g'amxo'rligi shu jihatdan maqtovga loyiq.

Tadqiqotlarga ko'ra, Autizmning asosiy sabablari: ota-onaning bir-biriga yaqin qarindoshligi va har xil genetik omillar. Yaqin yillardagi kuzatuvlar esa Covid virusining tanada qoldirgan salbiy ta'siri ham bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Va yana bir ehtimollik --- onalar homiladorlik vaqtida Ijtimoiy tarmoqlar (TikTok, Instagram Reels videolar etc.)da o'tirib qattiq emotsional tebranishlarni kechiradilar. Qisqa videolar goh kuchli quvonchni bersa, boshqasi to'satdan kuchli asabiy zo'riqishni keltirib chiqaradi (masalan, boshqalar dardiga hamdardlik hissi yoki o'zining eski ruhiy siqilishini eslatuvchi syujetlar ta'sirida). Bular gormonal buzilishlarga olib kelishi va homilaga jiddiy ta'sir qilishi mumkin ekan.

Shuning uchun, aytamanki, biz oldingi ichki barqarorlik va xotirjamlik hukm surgan hayot tarzimizga qaytishimiz kerak. Bunaqa tarmoqlarni yig'ishtirib, kitobxonlik, oilaviy suhbatlar, yaqin qadrdonlar bilan bordi-keldilarni yo'lga qo'yishimiz kerak. Tez-tez ilmiy-ma'rifiy suhbatlardan bahramand bo'lib turishimiz kerak.
8,0200064
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

03 ott 2026, 12:10

150 кишилик ҳаёт: инсоннинг ижтимоий чегараси борми? Ҳаётимизда йилдан-йил дўстлар, таниш-билишлар, ҳамкорлар ва турли ижтимоий алоқалардан иборат тармоқ (networking) шаклланиб боради. Аммо, биз бир вақтнинг ўзида нечта одам билан сифатли алоқа олиб бора…
1,500006
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

03 ott 2026, 00:52

Inson hayotini tadrijiy o'rganib chiqqan faylasuflar shuni tavsiya qilishadi:

45 yoshdan keyin keraksiz odamlar bilan muloqot va vaqt o'tkazishni kamaytirish yo umuman yo'qotish.

Qo'shilaman bu fikrga, iloji bo'lsa, bundan ham vaqtliroq boshlash kerak.

Chunki bu davrda inson oliy maqsadlarini eng qiyomiga yetkazib, amalga oshirish ustida ishlayotgan bo'ladi. Har bir daqiqa g'animat bo'ladi.

Qiziq, men atrofimdan chiqarib tashalashim kerak bo'lgan insonlar bormikan?! Menimcha, yo'q! Hammasi filtrlanib bo'lgan. Balki, uch-to'rtta sara iqtidorlarni atrofimga olishim mumkin.
1,5800038
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

01 ott 2026, 23:01

Bugun olgan maktublarimdagi duodan boshqa aytilgan barcha maqtovli so'zlar -- ochig'ini aytaman, menda xursandchilik o'rniga ikkilanish va noqulaylik hissini paydo qildi. Nafaqat bugun, balki boshqa paytlar ham shunday bo'ladi. Maqtovga arzigulik ish qilmasligimni yaxshi bilaman.

Shunday vaziyatlarda Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni quyidagi duosini aytib qo'yaman:

اللهم اغفر لي ما لا يعلمون
و اجعلني خيرًا مِمَّا يظُنُّون

Allohim, ular bilmaydigan narsalarda meni kechir,

(Odamlar meni yaxshi deb o'ylab maqtab yurishadi. Holbuki, meni nuqsonlarim juda ko'p).

Ular gumon qilganidan ham yaxshiroq inson bo'lishimni nasib qil.
1,6000096
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 set 2026, 21:48

Miya -- eng ko'p quvvat va xarajat talab qiladigan tana a'zosi. O'ylash, fikrlash, idrok qilish katta resurs talab qiladi.

Shuning uchun, aksariyat odamlar kundalik odatlar uzra yashaydilar. Chunki odatlar uzra yashash ko'p aqliy jiddu-jahd talab qilmaydi.
1,6800050
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

29 set 2026, 14:38

Post Crisis Refroms by Mufti Muhammad Taqi.pdf304.8 KB
Mendan Islom moliyasi afzalliklari haqida so'rashsa, zehnimga darhol 2008-2009 yillarda ro'y bergan Jahon moliyaviy inqirozi keladi. Chunki o'zim o'sha paytda bu inqirozni boshidan kechirayotgan investitsion kompaniyada ishlab yurardim.

Butun jahon iqtisodiyotiga qattiq ta'sir ko'rsatgan bu moliyaviy bo'hron Islom moliyasining besh muhim tamoyillarining buzilishi natijasida yuzaga kelgandi:

1. Riboning man qilinishi
2. Qarz savdosining man qilinishi
3. Risklarni sotish yo ko'chirishning man qilinishi
4. Tomonlarning (shartnomada) tengligi
5. Shaffoflik va oydinlik

2010 yili Davosda bo'lib o'tgan "World Economic Forum"ga Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy (hafizahulloh) ilovada berilgan maqolasi bilan yuzlangandilar. Ushbu inqirozni keltirib chiqargan omillarni hamda bunday inqirozlarni oldini olish imkoniyatlarini Islom nuqtai nazaridan tushuntirib bergandilar.

Maqolani iqtisodiyot, moliya, Islom fiqhi va umuman ilmga qiziquvchi talabalar, albatta, o'qib chiqishlari kerak. Maqola har jihatdan asosli yozilgan va hali hanuz ilmiy ahamiyatini yo'qotmagan.

Shubham yo'qki, Hazrat bu maqolalari uchun Nobel mukofotiga haqlidirlar!

P.S. O'zbek tilida o'qish uchun GPT yo Claude ishlatsangiz bo'ladi.
2,0000034
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

25 set 2026, 22:07

Ey farzand,

Arzimas yetishmovchiliklar seni dilingni buncha vayron qilmasa?! Axir, hayot shu bilan qiziq emasmi?!

Pul, omad, baxt yetishmovchiligi hech kimni chetlab o'tmagan. Kattalarni indamay yurishi ularda bu muammo yo'qligidan emas; balki ular sendan ertaroq dunyoga kelib, bu ishlarga ko'nikib bo'lishganidan.

Yaltiroq narsalar egalari seni aldab qo'ymasin. Ularda ham huzur, halovat, sog‘lik yetishmovchiligi uchraydi.

Farazan, senda hamma yetishmovchiliklar barham topib, muhtojliging tugasa, ularning o'rnini iymon yetishmovchiligi egallab olishi mumkin. Alloh asrasin!
--‐-------------------

"Ey farzand" turkumidan.
2,2300089
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

24 set 2026, 22:24

Agar do'st deganda boshga tushgan muammoni hal qiluvchi tushunilsa, unda Allohdan boshqa do'stim yo'q ekan.

Agar dushman deganda boshga muammo tug'diruvchi tushunilsa, unda o'zimdan boshqa dushmanim yo'q ekan.
16,90000134
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

22 set 2026, 16:03

Болаларингизни келажак замонларга мослаб улғайтиринг. Чунки улар сизнинг даврингиз инсонлари эмас, келгуси даврларнинг инсонларидир.

Али ибн Абу Толиб (каррамаллоҳу важҳаҳу)
3,7800071
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

Qaysar bo'lmang. Har bir biznesni oxirigacha sudrab yurish ham tadbirkorlik emas.

Kecha 16 yoshli jiyanim Umarbek bir savol berdi:

"Agar biznes doim zarar bilan ishlayotgan bo'lsa, uni davom ettirish kerakmi yoki yopib, yangisini boshlagan ma'qulmi?"

Menimcha, kechagi postimni o'qib, shu savol xayoliga kelgan bo'lsa kerak.

Javob qisqa:

Har bir biznesni saqlab qolish shart emas. Ba'zan eng to'g'ri qaror — uni vaqtida yopishdir.

Tadbirkorlikdagi eng qimmat xatolardan biri — avval sarflangan pul va mehnatni o'ylab, istiqboli yo'q biznesga yana vaqt va mablag' tikishdir. Iqtisodiyotda buni "sunk cost fallacy" deyiladi. O'tgan xarajatlarni ortga qaytarib bo'lmaydi. Qaror esa kecha emas, bugun va ertaning imkoniyatlariga qarab qabul qilinishi kerak.

Lekin biznesni bir necha oy zarar ko'rgani uchun ham yopib yuborish to'g'ri emas.

Agar biznes to'g'ri tanlangan bozor, qobiliyatli jamoa va yetarli talab mavjud joyda ochilgan bo'lsa, odatda ma'lum vaqt ichida ijobiy dinamikani ko'rsata boshlaydi. Texnologik startaplar bundan mustasno. Ular yillar davomida foyda ko'rmasligi mumkin, ammo tez o'sayotgan mijozlar bazasi yoki mahsulot qiymati tufayli investorlar uchun jozibador bo'lib qolaveradi. Chunki startaplarga sarmoya kiritayotgan investorlar bugungi foydaga emas, ertangi qiymatga pul tikishadi.

Xo'sh, biznesni yopish yoki davom ettirish haqida qaror qabul qilishdan oldin nimalarga qarash kerak?

• Trendga qarang, natijaga emas. Savdo hajmi, foyda marjasi, mijozlar soni va takroriy xaridlar oyma-oy yaxshilanayaptimi? Bugungi zarar kechagidan kichikroqmi?

• Benchmark qiling. Sizga o'xshash bizneslar dastlab qanday rivojlangan? Siz normal rivojlanish bosqichidamisiz yoki bozordan ortda qolayapsizmi?

• Raqobat ustunligingiz bormi? Xaridor nima uchun aynan sizni tanlashi kerak? Agar bu savolga aniq javob bo'lmasa, muammo ko'pincha moliyada emas, biznes modelida bo'ladi.

• Runway'ingizni hisoblang. Hozirgi pul zaxirangiz bilan biznes yana necha oy ishlay oladi? Zarar vaqtinchalikmi yoki qarzlar sizni bosib ketayaptimi?

Mashhur investor Warren Buffettning bir gapi bor: "Agar o'zingizni chuqurga tushib ketayotganingizni sezsangiz, eng birinchi qiladigan ishingiz — qazishni to'xtatish."

Ba'zan biznesni yopish mag'lubiyat emas. Aksincha, keyingi muvaffaqiyat uchun kapital, vaqt va energiyani saqlab qolishdir.

Yaxshi tadbirkor hech qachon "Men juda ko'p pul sarfladim, endi ortga yo'l yo'q", deb o'ylamaydi.

U o'ziga boshqa savol beradi:

"Agar bugun qo'limda shu pul bo'lganida, uni yana aynan shu biznesga tikarmidim?"

("Knowing what I know today, would I invest in this company again?")

Agar javobingiz "ha" bo'lsa — davom eting.

Agar javob "yo'q" bo'lsa, ehtimol eng yaxshi investitsiya yangi imkoniyatni boshlashdir.

Kanalga ulanish uchun:
1,2300040
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

Ishdan ketishga shoshilmang. Balki muammo ishda emasdir.

Oxirgi paytda menga eng ko'p berilayotgan savollardan biri:

"Ishimdan ketmoqchiman. Nima maslahat berasiz?"

Sabablari deyarli bir xil:
"O'sish imkoniyati qolmadi."
"Bir xil ishdan zerikdim."
"Rahbariyat mehnatimni qadrlamayapti."
"Menga nisbatan nohaqlik bo'layapti."

Bu gaplarning ko'pida jon bor. Ammo yillar davomida bir narsani tushundim: ba'zan odam ishdan emas, kayfiyatidan charchaydi. Shuning uchun muhim qarorlarni hissiyot eng baland nuqtaga chiqqan paytda qabul qilish eng katta xatolardan biri.

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, bir necha tavsiya bermoqchiman.

Birinchidan, yangi ish topmaguningizcha eski ishdan ketmang. Bu nafaqat oilangizning moliyaviy barqarorligi, balki muzokara kuchingizni ham saqlab qoladi. Ishlayotgan mutaxassis odatda ishsiz nomzodga qaraganda kuchliroq pozitsiyada bo'ladi.

Ikkinchidan, ketishdan oldin qolishning barcha imkoniyatlarini sinab ko'ring. Rahbaringiz bilan ochiq gaplashing. Balki siz kutayotgan loyiha, lavozim yoki mas'uliyatni berish ularning ham rejasidadir. Ko'p hollarda muammo gaplashilmagani uchun kattalashadi.

Mashhur menejment mutaxassisi Marshall Goldsmithning ushbu fikri menga juda yoqadi: "Qayerga bormang, o'zingizni ham birga olib borasiz." Agar muammo faqat kompaniyada emas, balki o'zimizdagi ayrim odatlar, kutishlar yoki munosabatlarda bo'lsa, ish joyini almashtirish uning yechimi bo'lmaydi. Oradan bir necha oy o'tib, o'sha muammolar yangi ishxonada ham takrorlanishi mumkin.

Har bir ishning o'z vazifasi bo'ladi. U sizga faqat maosh bermaydi. Tajriba beradi, yangi ko'nikmalarni o'rgatadi, professional obro' va aloqalar to'plash imkonini beradi.

Shuning uchun ketishdan oldin o'zingizga bitta savol bering:

"Men bu ish menga bera oladigan eng katta qiymatni olib bo'ldimmi?"

Agar javobingiz "ha" bo'lsa, demak keyingi bosqichga xotirjam o'tishingiz mumkin.

Ammo javob "yo'q" bo'lsa, balki hozircha ishni emas, unga bo'lgan yondashuvingizni o'zgartirish kerakdir.

Kanalga ulanish uchun:
1,3300071
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

Bugun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Institutida ilk bor magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Oliy Ma'hadning qaldirg'och magistrlari!

Bu juda quvonarli voqea. Chunki shu paytgacha diniy ta'lim asosan bakalavr bosqichi bilan chegaralanar edi. Endi esa magistratura ham yo'lga qo'yildi. Inshaalloh, yaqin kelajakda doktorantura ham ochilib, ilmiy izlanishlar yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Islom ilmlarini rasmiy va tizimli ravishda o'qitadigan ilm maskanlari qanchalik rivojlansa, ilm shunchalik chuqurroq va puxtaroq egallanadi. Bugun Islom banklari va islomiy moliya darchalari huzurida tashkil etiladigan Islom Moliyasi Kengashi a'zolariga qo'yilgan talablarni ko'rib, yana bir bor shu haqiqat haqida o'ylab qoldim.

Bunday mas'uliyatli vazifani zimmasiga oladigan mutaxassis faqat ayrim kitoblarni o'qigan yoki qisqa muddatli kurslarni tamomlagan kishi bo'lishi yetarli emas. Bir-ikki yil AAOIFI standartlarini o'qib, imtihondan o'tish bilan shariat olimi bo'lib qolmaydi. Ayniqsa, muomalot fiqhini mukammal egallash uchun diniy ilmlarni uzviy va tizimli ravishda kamida o'n yil davomida o'rganish talab etiladi. Nafaqat vaqt, balki inson o'zining asosiy aqliy salohiyati va hayotiy e'tiborini ham shu yo'lga bag'ishlashi kerak. Ana shunday chuqur tayyorgarlik bilangina zamonaviy islom moliyasi oldiga qo'yilayotgan murakkab masalalarga munosib javob bera oladigan olimlar yetishib chiqadi.

Tadbirda ishtirok etgan rasmiy mutasaddilardan biri juda ta'sirli fikr aytdi: "Bugun bitirayotgan magistrlar madrasada to'rt yil, Oliy Ma'hadda to'rt yil va yana ikki yil magistraturada tahsil oldilar. Ular bu yillarni moddiy manfaat uchun emas, balki Allohning roziligini ko'zlab ilm yo'lida sarfladilar."

Darhaqiqat, bu juda katta fidoyilik.

Shu o'rinda ularning ota-onalari va yaqinlariga ham alohida tahsin aytish kerak. Farzandi: "Yana uch-to'rt yil doktoranturada o'qimoqchiman", desa, uni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlaydigan, ilm yo'lida sabr bilan yonida turadigan oilasi bo'lmasa, bir insonning umrining shuncha yilini ilmga bag'ishlashi oson emas.

Ilm yo'li doimo mashaqqatli bo'lgan. Ammo ana shu mashaqqatni yengib o'tgan insonlargina jamiyatning ma'naviy va ilmiy tayanchiga aylanadi.

Xullas, Oliy Ma'hadimizda bunday xayrli yangiliklar va yuksak yutuqlar yanada ko'payaversin. Alloh bu dargohni ilm, ixlos va baraka maskani qilib qo'ysin.
1,6600077
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

ESLATMA!

Azizlar, shu kunlarda Telegram akkauntlarni buzib kirayotgan firibgarlar ko'paymoqda.

Mabodo, mening akkauntimdan ham kimdir sizga "Qarz So'rab" murojaat qilsa yoki qandaydir konkurslarga "Ovoz Berish"ni iltimos qilsa:

ASLO ISHONMANG, va

QARZ BERMANG


Tanish-bilishlarni ham ogohlantirib qo'ying.

To'g'ri tushunganingiz uchun Rahmat!
1,9900044
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

Video
⚡️ЎЗБЕКИСТОНДА ИСЛОМИЙ БАНКЛАР ВА «ИСЛОМИЙ ДАРЧА» ОЧИШНИНГ ЯНГИ ТАРТИБИ КУЧГА КИРДИ

Марказий банк бошқарувининг «Банк фаолиятига рухсат бериш тартиби ва шартлари тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги қарори 2026 йил 20 июлдан кучга кирди.

Мазкур қарор билан Ўзбекистонда исломий банк фаолиятини ташкил этиш, лицензиялаш, бошқариш ва назорат қилишнинг тўлиқ ҳуқуқий механизми жорий этилди. Янги тартибга кўра:

☑️ Энди мавжуд тижорат банклари ҳам «исломий дарча» очиб, исломий банк хизматларини кўрсатиши мумкин. Бунинг учун Марказий банкдан тегишли лицензия олиниши ва белгиланган талаблар бажарилиши шарт.

☑️ Исломий банк фаолиятини амалга ошириш учун лицензия олишда тақдим этиладиган ҳужжатлар рўйхати аниқ белгилаб қўйилди. Улар қаторига банкнинг уч йиллик бизнес-режаси, исломий молия бўйича маҳсулотлар режаси, молиявий прогнозлар, таваккалчиликларни бошқариш режаси, бухгалтерия ҳисобини алоҳида юритиш имкониятлари ҳамда автоматлаштирилган банк тизимларига тегишли ўзгартиришлар ҳақидаги маълумотлар ҳам киритилди.

☑️ Банкларда Исломий молия кенгашини ташкил этиш мажбурий бўлади. Шунингдек, исломий молия масалалари бўйича махсус бўлинма ҳамда исломий молия бўйича ички аудит тизими ҳам ташкил этилиши шарт.

☑️ Исломий молия кенгаши аъзолари учун янги талаблар жорий этилди. Улар ислом ҳуқуқи (фиқҳ) соҳасида билимга эга бўлиши, араб тилини билиши ва араб тилидаги бирламчи манбаларни тушуниб таҳлил қила олиши лозим.

☑️ Кенгаш аъзоларининг камида учдан икки қисми Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлиши шарт.

☑️ Бир шахс бир вақтнинг ўзида иккидан ортиқ банкнинг Исломий молия кенгаши аъзоси бўла олмайди. Бундан фақат бир банк гуруҳига кирувчи банклар ёки махсус мувофиқлаштирувчи кенгашларда иштирок этиш ҳолатлари мустасно.

☑️ 2027 йил 1 июлдан бошлаб Исломий молия кенгашининг камида битта аъзоси AAOIFI томонидан тан олинган халқаро сертификатлардан бирига эга бўлиши шарт. Жумладан, CIPA, CSAA, CPSS, CPAAGE ёки CSE сертификатлари қабул қилинади.

☑️ Исломий банк фаолияти учун масъул раҳбар ходим, Исломий молия кенгаши раиси ва аъзолари ҳамда бошқа муҳим лавозимларга номзодлар Марказий банк билан мажбурий келишилади. Улар суҳбатдан ўтказилиб, ишчанлик обрўси, малакаси, билим ва кўникмалари, раҳбарлик тажрибаси ҳамда жамоавий яроқлилиги баҳоланади.

☑️ Марказий банк номзодни келишиш ёки рад этиш ҳақидаги қарорни қабул қилгандан кейин уч иш куни ичида банкка ёзма ёки электрон шаклда юборади.

☑️ Исломий банкларда шариат стандартларига мувофиқликни таъминлаш сиёсати, ички назорат, таваккалчиликларни бошқариш, бухгалтерия ҳисоби, ташқи аудит ва номувофиқ даромадларни хайрияга йўналтириш тартиблари ҳам мажбурий тарзда белгиланади.

☑️ Исломий молия кенгаши аъзолари, раҳбар ходимлар ва муҳим аҳамиятга эга ходимларнинг ваколати муддатидан олдин тугатилса ёки улар лавозимидан озод этилса, банк бу ҳақда белгиланган муддатларда Марказий банкни хабардор қилиши шарт.

👍Каналга уланиш👉🏻 https://t.me/Bankxabar
1,3100018
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

"Ислом молиясига кириш" китоби ҳақида

"Ислом молиясига кириш" китоби инглиз тилида бир неча марта нашр қилинган, араб, урду, ўзбек ва рус тилларида ҳам таржималари мавжуд. Илк бор чиққанига чорак аср ўтгани ва бу орада ислом молия тизимида улкан ўзгаришлар рўй бергани ҳамда соҳага оид кўплаб янги адабиётлар пайдо бўлганига қарамасдан, китоб ислом молиясига қизиқувчилар учун асосий “илм эшиги” бўлиб қолмоқда .

Китоб ўзининг содда тили, воқеъликда кўп учрайдиган масалаларнинг танланганлиги ва уларни амалиёт билан боғлаб баён қилинганлиги сабабли ундан нафақат тадқиқотчилар, балки иқтисодчи, молиячи ва ҳуқуқшунос амалиётчилар ҳам кенг фойдаланишади.

Китобнинг кириш қисмида Муфтий Тақий Усмоний ислом иқтисодий таълимотларнинг асосий хусусиятлари, ислом иқтисодиёти билан капиталистик иқтисодиёт ўртасидаги асосий тафовутлар, ислом молиясининг реал иқтисодиёт ва активларга асосланганлиги, ислом банкларининг ҳозирги аҳволи ҳақидаги мулоҳазаларни баён қилган, ислом дини ва капиталистик тизимнинг пулга бўлган муносабатларини солиштириб таҳлил қилган, ва натижада, оддий ўқувчида ҳам ислом молияси билан анъанавий молия ўртасидаги фарқли жиҳатлар ҳақида тушунча пайдо бўлади.

Кейинги бобларда муаллиф ислом банкчилигида ишлатиладиган шерикчиликка асосланган мушорака ва музораба ҳамда савдо-сотиққа асосланган муробаҳа, ижара, салам ва истисна молиялаштириш инструментларининг фиқҳий асослари ва уларнинг татбиқида учрайдиган фиқҳий масалаларни ёритади. Ўқувчининг тушуниши осон бўлиши учун фиқҳий асослар ва қонун-қоидаларга оид назарий гапларни амалий мисолларда ифодалаб беради.

Масалан, муробаҳа савдосига оид қонун-қоидаларнинг иккинчиси, яъни молнинг эгалиги тўғрисидаги “Савдо моли савдо маҳалида сотувчининг мулкида бўлиши лозим” деган шартга:
“А томон С томоннинг мулкида бўлган автомашинани Б томонга сотмоқда. А томон машинани С томондан сотиб олиб, Б томонга етказиб беришни режалаштирмоқда. Бу савдо бекордир, чунки савдо вақтида автомашина А томоннинг мулкида эмас эди” деган мисолни келтиради.

Муаллиф мумтоз фиқҳий асарларда келмаган, лекин бугунги кунда долзарб бўлган масалаларга самарали ечимларни ҳам таклиф қилган. Масалан, шерикчилик тижоратида шериклардан бири шариатга биноан шартномани ўзи истаган вақтда тугатиб, ўртадаги молни сотишга ёки бўлиб олишга мажбур қилиши мумкин. Аммо, саноат ва ишлаб чиқариш каби соҳаларда узоқ муддатли лойиҳага шериклар катта миқдорда сармоя киритишса ва ишлаб чиқариш бошланмасданоқ улардан бири бизнесни сотиб ўз улушини чиқариб олишни талаб қилса, бошқа шериклар учун бу катта риск туғдириши мумкин. Ҳозирги замонда бизнес муваффақияти учун давомийлик зарурлигини инобатга олган муаллиф ҳадиси шарифда келган умумий қоида, яъни:

المسلمون علي شروطهم إلا شرطا أحل حراما أو حرم حلالا

“Мусулмонлар томонидан келишилган барча шартларга риоя қилинади, илло, ҳаромга рухсат берувчи ёки ҳалолни тақиқловчи шарт бундан мустасно” деган тамойилга мувофиқ шериклар шерикчиликнинг аввалида муайян давр оралиғида шартномани бекор қилмасликка келишиб олишлари мумкин, дейди.

Муфтий Такий Усмоний Ислом молиясига кириш асарида ўзининг бош ғояси, яъни фоизга асосланган анъанавий молияга муқобил бўлган ислом молиясидаги энг афзал молиялаштириш инструментлари бу мушорака ва музораба эканини олға суради. Чунки бунда банк ва тадбиркор ўртасида фойда ҳам, зарар ҳам олдиндан келишилган улуш нисбатларида тақсимланади.

Салам ва истисна ҳам молиялаштириш воситаси сифатида етарли даражада аҳамият касб этади, зеро буларда банк тадбиркор лойиҳасига керакли маблағларни ажратади ва реал активлар бунёд бўлишига ҳисса қўшади. Аммо, муробаҳа ва ижара ҳақиқий молиялаштириш воситаси бўлолмайди, улардан фақат мушорака, музораба, салам ва истисналарни қўллашнинг иложи бўлмаганда, ислом молия тизими тараққиётининг ўтиш давридагина молиялаштириш мақсадларида фойдаланса бўлади. Улар фоиздан қутулиш учун чиқарилган чоралар, холос, ислом иқтисодиётининг мақсадларини амалга оширишда идеал инструмент бўлолмайди, дейди муаллиф.

Муфтий Тақий Усмоний китобнинг сўнгги уч бобини исломий инвестицион фондлар, масъулияти чекланганлик тамойили (исломда юридик шахс тушунчаси) ва ислом банклари фаолияти ва уларнинг ҳозирги аҳволи тўғрисидаги мавзуларга бағишлайди. Ўқувчи бу бобларда ҳам ислом молиясига тегишли жуда фойдали маълумотларни учратади, айниқса, бугунги кунда акциялар савдоси, трейдерлик, фонд биржаларида инвестиция қилиш каби мавзуларга қизиқувчилар керакли билимларга эга бўлишади.

"Замонавий молиявий масалаларга бағишланган фиқҳий асарлар таҳлили"
Мақоладан иқтибос, муаллиф - Алижон Равшанов.
4,7900025
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

Ispaniya - Chempion!

O'ylashimcha, bu -- futbol tarixida end adolatli natija bilan tugagan JCh finali bo'ldi. Uxlab qolgan ekanman, turishim bilan xabarni eshitib ko'nglim yorishdi.

Adolatli deganim -- ikki tomonlama -- 1) ham o'yin jihatdan Ispaniya mutlaq ustunlikda edi; 2) ham ma'naviy jihatdan.

Bellashuv go'yo ikki turli xil "mafkuraning to'qnashuvi" edi, go'yo! Nima bo'lganda ham, adolat va insonparvarlik mafkurasi g'alaba qozondi, ko'plarning nazdida.

Hozir safarda Kitob tumanida yuribman -- erta sahardan bomdoddan qaytayotgan mo'ysafidlarning o'gzida ham shu gap -- Ispaniya g'alabasi. Bir-biridan xursand :))

Bunaqasi bo'lmagan.
1,1600071
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

Photo
#yangilik

⚡️Islom moliyasi mutaxassislari albatta o'qishi shart bo'lgan — «Islom moliyasiga kirish» kitobi qayta nashrdan chiqdi!

📝 Ushbu kitob haqida umumiy ma'lumotlar:

▫️ Muallif: jahon miqyosidagi taniqli islom olimi va zamonaviy islom moliyasi asoschilaridan biri https://t.me/islom_banklari_uz

🔺 Tarjimonlar: https://t.me/islom_banklari_uz, Islom moliyasi, equity finance bo'yicha ekspert, AAOIFI CSAA sertifikati sohibi; Bekzodbek Abdurasulov

Hajmi: 288 bet
Chop etilgan yili: 2023-yil (qayta nashr 2026-yil)

⏩ Kitobda yoritilgan asosiy mavzular

🔘Kirish va muqaddima: Kapitalizm va Islom iqtisodiyoti farqlari, aktivlar asosida moliyalashtirish, kapital va tadbirkorlik, zamonaviy Islom banklari tajribasi.
🔘Mushoraka (Sheriklik): Sheriklik tushunchasi, foyda va zarar taqsimoti, boshqaruv, bekor qilish, sekyuritizatsiya va turli moliyalashtirish usullari, kamayib boruvchi mushoraka.
🔘Muzoraba (Investitsion sheriklik): Tadbirkorlik asosida foyda taqsimoti, bekor qilish, mushoraka bilan birlashuvi, loyihalarni moliyalashtirish, kapital aylanishi va amaliy hisob-kitoblar.
🔘Murabaha (Savdo asosida moliyalashtirish): Savdo shartlari, murabaha jarayoni, risk va mas’uliyat, muammolar va xatoliklar, amaliy qo‘llanilishi.
🔘Ijara: Asosiy qoidalar, ijara haqini belgilash, mulkni boshqarish va sug‘urta, majburiyatlar, sekyuritizatsiya va sub-lizing.
🔘Salam va Istisno (Oldindan buyurtma asosida moliyalashtirish): Salam va Istisno shartlari, farqlari, yetkazib berish va moliyalashtirish vositasi sifatida qo‘llanishi.
🔘Islomiy investitsion fondlar: Pay fondlari, aksiyalar, ijara, murabaha va mahsulot fondlari, qarz savdosi, aralash fondlar, mas’uliyat tamoyillari, Islom banklari bilan bog‘liq masalalar.

❓ Qayerdan xarid qilish mumkin?

🟡Kitobning yangi bosma nashrini https://t.me/HilolNashr, https://t.me/mybarakot va https://t.me/irshodbookskitob do'konlaridan topishingiz mumkin:

😎 "Hilol eBook" ilovasi orqali onlayn o'qishingiz ham mumkin [ https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hilal.ebook&hl=uz| https://apps.apple.com/ru/app/hilol-ebook/id1046459232?l=en-GB]

🚚 Telegram orqali buyurtma berish uchun quyidagilarga murojaat qilsangiz bo'ladi:

📞 Hilol Nashr yetkazish: +998993535999
📞 Barakot kitob do'koni: +998906902020
📞 Irshod kitob do'koni: +998909600262

Ushbu postni islom moliyasiga qiziqadigan do'stlaringizga ham yuboring, va ajrga sherik bo'ling!

🚀 https://t.me/islom_banklari_uz
1,4900037
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

Sizlarga bugun qisqagina bo'lsa ham yaqinda tanishib chiqqan bir muallif — Erich Fromm (nemis-amerikalik psixolog, psixoanalitik, faylasuf va sotsiolog) hamda uning "To Have or To Be?" ("Ega bo'lishmi yoki bo'lishmi?") kitobi haqida yozmoqchiman.

Kitobning asosiy g'oyasi juda sodda, lekin o'ylantiradigan.

Frommning aytishicha, zamonaviy jamiyat asta-sekin "Men kimman?" degan savoldan uzoqlashib, "Menda nima bor?" degan savol bilan yashay boshlagan.

Qimmat soat taqishning maqsadi vaqtni bilish emas, balki boshqalarga muvaffaqiyatini namoyish qilish bo'lib qoladi.

Qimmat avtomobil esa ba'zan A nuqtadan B nuqtaga yetib borish uchun emas, biznes hamkorlari kutayotgan restoran oldida viqor bilan tushish uchun xizmat qiladi.

Ya'ni, inson asta-sekin o'zini fazilatlari, ilmi yoki xulq-atvori bilan emas, egalik qilayotgan buyumlari orqali tanishtirishni boshlaydi.

Frommning o'rtaga tashlagan savoli:

Biz narsalarga egalik qilyapmizmi, yoki narsalar bizga?

Qizig'i shundaki, bu kitob 1976 yilda yozilgan. Muallifning o'zi esa 1900–1980 yillarda yashagan.

Ba'zan o'ylab qolaman: bu muammo faqat ijtimoiy tarmoqlar chiqqandan keyin paydo bo'lgan, deb yurardim. Ma'lum bo'ldiki, bundan yarim asr oldin ham bu masala katta mutafakkirlarni jiddiy o'ylantirgan ekan.

Demak, bu savol faqat bizni o'ylantirmagan ekan. :)
2,1400043
Alijon Ravshanov | Rasmiy logo
Alijon Ravshanov | Rasmiy

30 ago 2026, 14:07

https://t.me/xushnudbek aytishicha, O'zbekistonda hali 1/16 bosqichga chiqish imkoniyati bor ekan. Shuncha mag'lubiyatdan keyin ham.

Ehtimollar nazariyasiga ko'ra, bu -- hali Jahon Chempioni bo'lish imkoniyatimiz ham bor, degani.
Bo'shashmaymiz yigitlar!

Bir maqol bor "Надежда умирает последней", ya'ni umid eng oxiri o'ladi. Biz o'zbeklarda esa umid hech qachon o'lmaydi...
2,3600041

Showing 30 of 30 posts

Valutazione

Accesso richiesto

Frequently Asked Questions

Di cosa parla il canale Telegram Alijon Ravshanov | Rasmiy?+

Alijon Ravshanov | Rasmiy (@alijon_ravshanov) è un canale Telegram elencato in Borsa e Trading su tgdio. Questo profilo mostra classifica, valutazioni, recensioni e post recenti così puoi decidere prima di iscriverti su Telegram. Al momento elenca circa 1472 iscritti su tgdio.

Come mi unisco a Alijon Ravshanov | Rasmiy (@alijon_ravshanov) su Telegram?+

Apri il profilo del canale su tgdio, poi usa Join / Open in Telegram per andare su @alijon_ravshanov nell’app o sul web di Telegram e iscriverti gratis.

Alijon Ravshanov | Rasmiy è un buon canale Borsa e Trading?+

Su tgdio puoi controllare valutazione, recensioni, classifica e ultimi post di Alijon Ravshanov | Rasmiy prima di unirti. Al momento elenca circa 1472 iscritti su tgdio. Confrontalo con canali Borsa e Trading simili.

Dove vedo le statistiche e i post di Alijon Ravshanov | Rasmiy?+

Su tgdio, apri la pagina @alijon_ravshanov per statistiche iscritti, classifica, valutazioni e post recenti. Usa il link Stats per grafici di crescita e attività.