E’zoza Karimova Telegram channel photo

E’zoza Karimova

@ezozagafurjanovnaPublic Channel

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

AudiolibriitalianoItalia

1.3k

Last views

8.1k (8,128 subscribers)
Membri
—
Rating
100
Total Posts
Oct 19, 2026, 4:47 PM
Aggiornato
Oct 22, 2025
Created
Stats

Stai visualizzando contenuti in italiano. Per visualizzare contenuti in un'altra lingua, cambia la lingua del sito web.

Channel Information

Channel Information
Channel NameE’zoza Karimova
Username@ezozagafurjanovna
CategoryAudiolibri
Languageitaliano
CountryItalia
Membri8,128
Channel TypePublic Channel
Created22 ott 2025
Last Updated19 ott 2026 • 4 giorni fa
StatusActive

Classifica

Classifica globale
#482158-165
Classifica per lingua
#6247-2
Classifica per categoria
#1829Nessun cambiamento

Crescita abbonati

Totale: 8.1K30 Days growth: -8969.9%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Crescita abbonati - 30 Days
DateSubscribers
20:09:20269,024
21:09:20269,024
22:09:20269,024
23:09:20269,024
24:09:20269,051
25:09:20269,051
26:09:20269,051
27:09:20269,051
28:09:20269,051
29:09:20269,051
30:09:20269,051
01:10:20269,051
02:10:20269,051
03:10:20269,051
04:10:20269,051
05:10:20269,051
06:10:20269,051
07:10:20269,051
08:10:20269,051
09:10:20269,051
10:10:20269,051
11:10:20269,051
12:10:20268,572
13:10:20268,572
14:10:20268,572
15:10:20268,572
16:10:20268,572
17:10:20268,572
18:10:20268,572
19:10:20268,128
Crescita abbonati - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:20267,722
Week of 30:03:20267,683
Week of 06:04:20267,643
Week of 13:04:20268,763
Week of 20:04:20268,848
Week of 27:04:20268,848
Week of 04:05:20268,864
Week of 11:05:20268,864
Week of 18:05:20268,864
Week of 25:05:20268,696
Week of 01:06:20268,696
Week of 08:06:20269,059
Week of 15:06:20269,059
Week of 22:06:20269,269
Week of 29:06:20269,269
Week of 06:07:20269,269
Week of 13:07:20269,200
Week of 20:07:20269,209
Week of 27:07:20269,178
Week of 03:08:20269,178
Week of 10:08:20269,164
Week of 17:08:20269,164
Week of 24:08:20269,045
Week of 31:08:20269,097
Week of 07:09:20269,097
Week of 14:09:20269,024
Week of 21:09:20269,051
Week of 28:09:20269,051
Week of 05:10:20269,051
Week of 12:10:20268,572
Week of 19:10:20268,128
Crescita abbonati - Monthly
DateSubscribers
March 20267,722
April 20268,848
May 20268,696
June 20269,269
July 20269,178
August 20269,045
September 20269,051
October 20268,128
Crescita abbonati - Yearly
DateSubscribers
20268,128

Ultimi post

E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

21 ott 2026, 17:25

Bugun O‘zbek tili bayrami kuni!

O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni qadrini yuksaltirishda tarixda bobolarimiz, yozuvchi, shoirlar, har bir millat vakili o‘z jasoratini ko‘rsatgan.

Orada tilimiz kesildi, cheklandi. Lekin yana qayta dunyoga kuch, jasorat bilan kirib keldi. Bu jasorat har birimizning qonimizda bo‘lishi, uni avaylab-asrashimiz eng katta mas’uliyatimizdir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni belgilandi, jahon minbarlarida yangray boshladi. Ilm, texnika, raqamli tilga aylanmoqda.

Bayram arafasida biz o‘zbek tilining kechasi va bugunini shoirlarimiz satrlari orqali ifodalashga harakat qildik.

Alisher Navoiy, Rauf Parfi, Xurshid Davron, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf, Erkin Vohidovning satrlarini bir qo‘shiqqa jamladik.

Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan qo‘shiq va videorolik zamonaviy texnologiyalar hamda ona tilimizning ko‘p asrlik taraqqiyoti uyg‘unligining go‘zal namunasidir.

Bugun bayram arafasi yaqinlaringizga bu media mahsulotimizni ulashing, bayram bilan tabriklang.

Sifatli formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=ipPyTus6LS4

@otabek_khasanov
Video Thumbnail
1,3000044
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

20 ott 2026, 20:59

Photo1/2
Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Ona tilimiz xalqimizning milliy o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy merosini mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Uning boyligini asrash, jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish barchamizning mas’uliyatimizdir.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizda davlat tiliga hurmatni mustahkamlash, yosh avlodning nutq va kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilidan ta’limda, ilm-fanda, ish yuritishda va jamoatchilik bilan muloqotda savodli foydalanish, uning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilish har birimizning amaliy vazifamiz bo‘lishi lozim.

Ushbu bayram munosabati bilan ona tilimizni o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib etish yo‘lida mehnat qilayotgan ustoz va olimlarga, ijodkorlarga, ma’naviyat sohasi vakillariga minnatdorlik bildiraman. Tilimizga ehtirom va uning ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat faoliyatimizning doimiy mezoni bo‘lsin.

O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
rahbarining birinchi o‘rinbosari

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
5,15000122
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

15 ott 2026, 19:17

Photo
Milliy tarbiya - o'tmishga qaytish emas, kelajakni milliy tafakkur bilan qurishdir.


✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
6,5400089
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

09 ott 2026, 14:18

Photo
Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir.

Abdulla Avloniy

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
13,90000209
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

01 ott 2026, 13:30

Video
Ustoz — bizga o‘zimizdan avval ishongan inson

Har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyati, orzu va intilishlari bor. Bolaning qobiliyatini yuzaga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda ustozning sabri, e’tibori hamda o‘z vaqtida aytgan dalda so‘zi katta ahamiyatga ega. Bola o‘ziga ishona boshlaganida, shu mehr va e’tiborning samarasini ko‘ramiz.

Aziz ustozlar, farzandlarimizga bilim berib, ularni hayotga ishonch bilan qarashga o‘rgatayotganingiz uchun sizlardan minnatdorman. Shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehrini his qilib yashash nasib etsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
36,900003,230
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

01 ott 2026, 07:30

Photo
Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Har birimizning hayotimizda qobiliyatimizni ilg‘agan, bizga ishongan va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan muallimning alohida o‘rni bor. Bugun siz ham farzandlarimizga ana shunday mehr va mas’uliyat bilan saboq berib, ularni katta maqsadlar sari ruhlantiryapsiz.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda pedagoglarning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, mehnatini munosib qadrlash va kasbiy rivojlanishi uchun sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda sizning tajribangiz, taklif va tashabbuslaringiz biz uchun muhim. Har bir tarbiyachi va o‘qituvchining o‘z ishidan mamnun bo‘lib, bilim va mahoratini bolalar kamoliga bag‘ishlashi uchun imkoniyatlarni kengaytirish — ustuvor vazifamiz.

Aziz pedagoglar!

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo yaqinlaringiz, shogirdlaringiz va el-yurtimiz ardog‘ida bo‘ling.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, 
E’zoza Karimova, 
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
138,000002,145
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

29 set 2026, 11:43

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, hurmatli ota-onalar!

So‘nggi kunlarda bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq salbiy xabarlar barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda.

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan voqea meni nafaqat vazir, balki ona sifatida ham qattiq larzaga soldi. Bolaning xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan insonlarning o‘z vazifasiga loqayd munosabatda bo‘lishini hech qanday sabab bilan oqlab bo‘lmaydi.

Voqea haqida eshitganimda Andijonda edim. O‘sha kuni Toshkentga qaytish o‘rniga Namanganga borib, vaziyatni joyida o‘rgandim. Holatning tafsilotlari, mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan choralar bilan tanishdim.

Shu o‘rinda, nega bu haqda avvalroq ommaga ma’lumot berilmadi, degan savolga ham javob bermoqchiman. Holat yuzasidan tergov olib borilayotgani sababli uning jarayoniga xalaqit bermaslik, eng avvalo, qizaloqning manfaatlari va shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish uchun tafsilotlarni oshkor qilmadik. Vakolatli organlarning xulosalarini kutayotgan vaqtimizda ham vazirlik o‘z vakolati doirasida holatni o‘rganish va tegishli choralarni ko‘rish ishlarini davom ettirdi.

Avval xabar berilganidek, voqeaga aloqadorlikda gumon qilinayotgan barcha xodimlar ishdan olindi. Vazirlik tomonidan holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifalarini qanday bajarganini aniqlash hamda ularning o‘z lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi. Ushbu jarayonlarni shaxsiy nazoratimga olganman.

O‘rganish davomida kim o‘z vazifasini bajarmagani, kim beparvolikka yo‘l qo‘ygani va kim ushbu holatga ko‘z yumganiga aniqlik kiritilishi kerak. Bolalar xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan har bir xodim va rahbarning faoliyatiga shu mezon asosida baho beriladi. Ularning lavozimi yoki xizmat tajribasidan qat’i nazar, vazirlik vakolati doirasida qat’iy choralar ko‘riladi. Aybdor deb topilgan shaxslar esa qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Ayni kunlarda maxsus ishchi guruh mamlakatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining — rahbarlardan tortib texnik xodimlargacha — faoliyatini o‘rganmoqda. Bu jarayonda aniqlangan har bir kamchilikning sababi va unga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning javobgarligi ko‘rib chiqiladi. Ko‘riladigan choralar bolalar uchun xavfsiz muhit yaratishga va bunday voqealarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilishi kerak.

Tizimdagi barcha rahbar va xodimlarga murojaat qilaman: sizga ishonib topshirilgan har bir bolaning xavfsizligi kundalik faoliyatingizning eng asosiy talabi bo‘lishi shart. Farzandlarimiz taqdiriga befarq, o‘z vazifasiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lgan insonlarning ta’lim tizimida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ota-onalarning ishonchini oqlash uchun har bir bog‘chada bola himoyalanganini, unga mehr va e’tibor ko‘rsatilayotganini amalda ta’minlashimiz zarur.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
61,400004,977
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

25 set 2026, 10:39

Photo
Rasmiy munosabat

Telegram messenjeridagi mazkur sahifa va suhbat matni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga tegishli emasligini ma’lum qilamiz.

Kuzatuvchilardan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma'lumotlarga tayanishlarini so‘raymiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
21,00000680
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

20 set 2026, 12:52

Video
Ustoz qadri va kamoloti davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida

Ustozlarimizning qadr-qimmati, farovonligi va kasbiy kamoloti hurmatli Prezidentimiz hamda davlatimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining o‘qituvchilar yutug‘idan samimiy quvonishlari, ularning mehnatini yuksak qadrlashlari pedagoglarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning hayotiy ifodasidir.

Ikki yil avval Nigora Allambergenova chekka hududda ishlab, 2 ming dollar maosh olayotganini aytganida, hurmatli Prezidentimiz uning daromadi 4 ming dollarga yetishini istagan edilar. Muloqotda ustoz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi sifatida 616 mln so'm mukofot olayotganini faxr bilan ma’lum qildi. Bu yutuq ustoz mehnatiga e’tibor va munosib rag‘batning amaliy ifodasidir.

Farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan har bir ustozimiz ana shunday hurmat va e’tirofga munosib. Bu e’tiborni har bir pedagog o‘z hayoti va faoliyatida his etishi uchun mas’ulmiz. Ularning mehnatini munosib qadrlash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifamizdir.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
91,000001,378
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

19 set 2026, 21:49

Video
Bo‘zatovlik yoshlar uchun tarix, madaniyat va zamonaviylikni birlashtirgan unutilmas sayohat

Hurmatli Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan shu kunlarda bo‘zatovlik farzandlarimiz Toshkentda boʻlishdi. O‘qishda, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yutuqlarga erishgan bu yoshlar uchun davlatimiz rahbarining qo‘llab-quvvatlashlari bilan poytaxtimiz bo‘ylab ta’lim sayohatini tashkil etdik.

Sayohat dasturida ta’lim, madaniyat va dam olishni uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratdik. Ular o'z uylariga yangi bilim va taassurotlar, o‘qish va izlanishga yanada kuchli ishtiyoq bilan qaytishini istaymiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
17,70000977
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

18 set 2026, 18:19

Photo
Bo‘zatovlik o‘quvchilar uchun Toshkentga yangi bilim va taassurotlarga boy sayohat boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumaniga avvalgi tashrifimiz chog‘ida bilimga intilishi va faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilar uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etishga va’da bergan edik. Ushbu tashabbusni hurmatli Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashlari hamda farzandlarimizning bilim va dunyoqarashini kengaytirish uchun yaratib bergan imkoniyatlari asosida amalga oshirmoqdamiz.

Bugun o‘qishda, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yutuqlarga erishgan farzandlarimizni poytaxt sari kuzatib, ularga dunyoqarashini kengaytiradigan, o‘rganish va izlanishga ishtiyoqini oshiradigan mazmunli ta’lim sayohatini tiladik. Ta’lim, madaniyat va dam olishni uyg‘unlashtirgan sayohat dasturiga Islom sivilizatsiyasi markazi, Amir Temur muzeyi, Respublika bolalar kutubxonasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i hamda “Magic City” kiritilgan.

Maqsadimiz — o‘quvchilarimizning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, tarixiy va madaniy merosimiz haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda kitobxonlik va san’atga qiziqishini kuchaytirish.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
25,80000841
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

15 set 2026, 21:06

Photo
Bolalarda kasbga qiziqish uyg‘otishda milliy tarbiya va zamonaviy yondashuv

Bugun Olmazor tumanidagi 441-sonli DMTTda o‘tkazilgan seminar doirasida bolajonlar bilan suhbatlashdik. Ularning kelajakda kim bo‘lishni istashi, tanlagan kasbi haqida ishonch bilan so‘zlab berishi bizni quvontirdi. Solihaning ustoz bo‘lish niyati bizni alohida xursand qildi. Uning yoshligidanoq o‘qituvchilikka mehr qo‘ygani, boshqalarga bilim berishni istashi ko‘nglimizni ko‘tardi.

Nodira va Omina shifokor bo‘lib, insonlarni davolashni, Hadicha oshpaz, Muhammadali esa o‘t o‘chiruvchi bo‘lishni orzu qilmoqda. Bolajonlarning orzularini tinglab, ularning har birini qo‘llab-quvvatlash, qiziqishlariga e’tibor bilan qarash naqadar muhimligini yana bir bor his qildik. Bog‘chada “Kasblar alifbosi” doirasidagi mashg‘ulotlar orqali bolalar turli kasblar haqida tasavvurga ega bo‘lmoqda.

Yaqinda Prezidentimiz tashrif buyurgan ushbu bog‘chada yaratilgan sharoitlar farzandlarimizning bilim olishi, qobiliyatlarini namoyon etishi uchun keng imkoniyat bermoqda. Davlatimiz rahbari boshchiligida maktabgacha ta’limga qaratilayotgan e’tiborni har bir bolaning rivojlanishida aks ettirish — bizning vazifamiz. Bolajonlarimizning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab, orzulari sari ilk qadamlariga ko‘maklashishda davom etamiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
12,700002,185
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

15 set 2026, 18:27

Video
441-sonli DMTTda milliy tarbiya modelini amaliyotga joriy etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda maktabgacha ta’limda milliy tarbiya modelini amaliyotga joriy etish, bolalarda milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va kasblarga qiziqishni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar namoyish etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
27,6000050
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Video
Inklyuziv ta’lim: Mehr, ishonch va teng imkoniyatlar muhiti

Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida har bir bolaning qalbida o‘ziga nisbatan kuchli ishonch uyg‘otish va ularni ijtimoiy hayotga to‘laqonli moslashtirish inklyuziv ta’limning asosiy negizidir. Jismoniy imkoniyatidan qat’iy nazar, hech bir farzandimiz ta’lim-tarbiya jarayonlaridan, sinfdoshlari davrasidan va jamoaviy mashg‘ulotlardan chetda qolmasligi kerak. O‘quvchilardagi mavjud iqtidor va qobiliyatlarni yuzaga chiqarish uchun teng va munosib shart-sharoitlarni yaratish ta’lim tizimimizning eng ustuvor maqsadlaridan sanaladi.

Pedagoglarning to‘g‘ri yondashuvi va tengdoshlarining samimiy qo‘llab-quvvatlashi orqali bolalarda o‘zlarini jamoaning ajralmas, qadrli a’zosi ekanliklarini anglash hissi shakllanadi. Kichik bir rag‘bat va e’tibor tufayli ulkan to‘siqlarni yengib o‘tish, bolajonlar ko‘zlaridagi hayotga bo‘lgan quvonchni ko‘rish barchamizni ruhlantiradi. Zero, har bir o‘yinda barchaga o‘rin bor. Ba’zan buning uchun faqat qoidalarni emas, qarashlarni ham birgalikda o‘zgartirish kifoya!

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
82,800001,241
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Video
Davlatimiz rahbarining e’tibori va ustozlar fidoyiligi mujassam bo‘lgan tanlov

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk bora o‘tkazilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi nafaqat ta’lim tizimida, balki butun jamiyatimiz hayotida o‘ziga xos tarixiy voqelikka aylandi. E’tiborlisi shundaki, bu tanlovda odatiy o‘rinlar bo‘lmaydi — yurtimizning 208 ta tuman va shahridan saralangan 208 nafar fidoyi muallimning har biri Prezidentimiz tomonidan BHMning 1400 baravari miqdoridagi (bugungi kunda bu mablag‘ 576 million 800 ming so‘mni tashkil etadi) mukofot bilan taqdirlanadi!

Bizning eng katta boyligimiz — aynan shunday salohiyatli, zahmatkash ustozlarimizdir.

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
71,000001,111
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Video
“Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi — yurtimiz o‘tmishi va kelajagini bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik!

Yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, ularni ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash — eng muhim vazifalarimizdan biridir.

Shu maqsadda “Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston va Temuriylar tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “G‘alaba bog‘i” majmuasiga sayohatlar tashkil etilmoqda.

Ushbu loyiha farzandlarimizning o‘zligini anglashi, Vataniga sadoqatli hamda kelajakda yurtimizga munosib insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Ushbu loyiha doirasida yurtimiz bo'ylab 14 000 nafar faol o'quvchilarni qamrab olish va jarayonlar avgust oxirigacha davom etishi rejalashtirilgan.


✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
48,900008,360
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Milliy qadriyatlar targ‘ibotida innovatsion yondashuv

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar davrida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan milliy adabiyotimiz va qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda samarali foydalanilayotgani g‘oyat e’tiborga molikdir. Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ozarbayjonlik taniqli shoir Akif Bag‘ir qalamiga mansub “O‘zbek kelayotir, yo‘l bo‘shat jahon!” nomli mashhur she’ri asosida zamonaviy yechimlar yordamida o‘ziga xos qo‘shiq va videoklip tayyorlangani tahsinga sazovordir.

Mazkur ijodiy yondashuv kabi sifatli va ta’sirchan loyihalar, shubhasiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga katta hissa qo‘shadi.

Videoni toʻliq va sifatli formatda koʻrish uchun havola: https://youtu.be/Omsapx-IOrk

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
Video Thumbnail
97,8000014,411
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Photo
Qizlarimizning ilm-fandagi muvaffaqiyati — millatimiz yutug‘idir!

Yurtimizda yuqori saviyada o‘tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO — 2026) yoshlarimiz, ayniqsa, qizlarimiz erishayotgan tarixiy yutuqlar hech birimizni befarq qoldirmaydi.

Olimpiadaning eng yuqori cho‘qqisini zabt etib, oltin medalni qo'lga kiritgan qizimiz — Rayhona To’ymurodovaning muvaffaqiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tishni istardim. 2008-yilda Buxoroda tavallud topgan iqtidorli qizimiz poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfida tahsil oladi. U o‘zining bugungi yuksak natijasi bilan buyuk bobokalonimiz Ibn Sinoning munosib izdoshi ekanligini, tomirlarida buyuk allomalar qoni oqayotganini butun dunyoga isbotladi!

Bilasizmi, bu ulkan g‘alaba tasodif emas. Uning ortida tinimsiz izlanish, uyqusiz tunlar yotibdi. Rayhona o‘zining tinimsiz mehnati bilan bugungi g‘alabaga yetib keldi. U 2025-yilda 59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush va 2-Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, joriy yilda 60-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ham kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bugun u 94 davlat yoshlari bellashgan dunyoning eng nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Biz sening yutuqlaring bilan faxrlanamiz, qizim! Kelgusida jahon ilm-fani rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shadigan, O‘zbekiston nomini yanada yuksaklarga ko‘taradigan yetuk olima bo‘lib yetishishingga ishonchim komil!

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
26,600005,739
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Video
“O‘quvchi-yoshlarning muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi — mazmunli ta’til, tarixga sayohat va boy madaniy meros!

➖ Yozgi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish va boy tariximiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida poytaxtdagi mashhur muzeylarga bepul sayohatlar tashkil etilmoqda.

🔴 Ushbu loyiha o‘quvchilar uchun yurtimizning eng muhim tarixiy va madaniy maskanlarini ko‘rish imkoniyatini yaratib, ularning dunyoqarashi va bilimini oshirishga yordam beradi.

📝 Sayohat dasturi o‘zida quyidagi 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi:
➖ Jonli tarix va muzeylar — bolalar muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston tarixi, Temuriylar tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “G‘alaba bog‘i” majmuasiga olib boriladi, bobokalonlarimiz merosini kitobdan emas, o‘z ko‘zi bilan ko‘rib o‘rganadi;
➖ Keng qamrovli imkoniyat — loyiha doirasida butun respublikamiz bo‘ylab 14 ming nafar o‘quvchi qamrab olinadi va ularga mutaxassislar hamrohligida ekskursiyalar uyushtiriladi;
➖ Ota-onalar uchun qulaylik — sayohat tadbirlarining barchasi davlat tomonidan to‘liq bepul tashkil etiladi, ota-onalardan hech qanday xarajat talab etilmaydi, faqatgina farzandining rivojlanishi uchun tashabbus ko‘rsatish so‘raladi.

📋 Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha avgust oyi yakuniga qadar davom etadi. Qatnashish istagida bo‘lgan ota-onalar o‘z hududlaridagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga borib, ariza yozib qoldirishlari mumkin.

👉Hududiy bo‘linmalardan biriktirilgan mas’ullar ro‘yxati: https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/194367

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
48,4000044
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Video
#ICHO_2026

🔴 Yurtimiz mezbonligidagi 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi qizg‘in davom etmoqda.

Bugun mas‘ullar bilan olimpiadaning ikkinchi bosqichi — nazariy sinov jarayonlarini ko‘zdan kechirdik va tashkiliy masalalar yuzasidan muloqot qildik.

Shu tariqa, olimpiadaning barcha sinov bosqichlari yakunlandi. Oldinda qatnashchilarni hayajonli lahzalar kutmoqda — 18-IYUL kuni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Barcha ishtirokchi yoshlarga omad yor bo‘lsin!

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
60,7000034
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Photo
#Xorijiy_tillar

📣 “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 ming nafardan ortiq oʻquvchi xorijiy til boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi

✅ https://t.me/uzedu, 2025-yil dekabr oyidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan edi.

➖  “Toshkent tajribasi” sifatida 2025-2026-oʻquv yilida boshlangan mazkur loyiha doirasida poytaxtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan 40 ming nafarga yaqin 11-sinf oʻquvchilarining xorijiy til boʻyicha bilim va malakalari oshirildi.

Xususan, oʻquvchilarning til bilish darajalarini aniqlash maqsadida MOCK imtihonlari oʻtkazildi. Shundan soʻng, sinovlar natijalari tahlil qilinib, oʻquvchilar turli darajalardagi guruhlarga ajratildi va xorijiy mutaxassislar ishtirokida bepul mashgʻulotlar tashkil etildi.

🔹 Shu bilan birga, Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda mazkur oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat sinovlaridan oʻtkazildi.

➖ Natijada Toshkent shahridagi 10 106 nafar 11-sinf oʻquvchisi (ingliz tili boʻyicha) B1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

👉 Maʼlumot uchun: 2025-yil dekabr oyida xorijiy til sertifikatlariga ega oʻquvchilar soni 2 970 nafar boʻlgan boʻlsa, 2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, ularning soni 17 515 nafarga yetdi (qariyb 6 barobar koʻp).

🔴 Shu oʻrinda aytish lozimki, 2025-2026-oʻquv yili davomida Respublikamiz boʻyicha 1 518 nafar xorijiy til mutaxassislari jalb etilgan boʻlsa, yangi oʻquv yilidan boshlab ularning sonini 2 000 nafardan oshirish rejalashtirilgan.

👉 Maʼlumot uchun: Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026-2027-oʻquv yili uchun chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 125 354 nafarni tashkil etmoqda.

Oliy va kasbiy taʻlim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan hamda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega qariyb
13 ming nafarga yaqin abituriyentlar esa test sinovlaridan https://t.me/BaholashUz.

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
41,4000037
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

13 set 2026, 12:55

Video
🎨 “Canva for Education” — maktablarda kreativlik, raqamli savodxonlik va innovatsiyalar davri!

➖ Yurtimizdagi umumta’lim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilarida kreativ tafakkur hamda zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan ulkan loyiha — “Canva” kompaniyasi bilan yirik grant kelishuvi imzolandi.

⌨️ Ushbu grantning umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng boʻlib, u orqali respublikamizdagi 10 mingdan ziyod maktab 3 yil davomida platformadan mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.

📝 “Canva for Education” oʻzida quyidagi 5 ta muhim yoʻnalishni qamrab oladi:
➖ Kreativ tafakkurni rivojlantirish — minglab shablonlar orqali ijodiy yondashuv;
➖ Taqdimot va infografika koʻnikmalari — zamonaviy vizual materiallar yaratish;
➖ Sunʼiy intellekt asosidagi vositalar — SI yordamida tezkor va sifatli kontent tayyorlash;
➖ Jamoa boʻlib ishlash — onlayn tarzda guruhlarda hamjihatlikda ishlash;
➖ Raqamli savodxonlik — zamonaviy raqamli dunyo uchun eng muhim koʻnikmalar.
📋 Maʼlumot uchun: Canva – bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida keng qoʻllanilayotgan yetakchi platforma hisoblanadi.

✉️ 📱 https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
43,4000035
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

02 set 2026, 06:30

Photo
Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!

Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.

Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.

Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
175,0000091
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

01 set 2026, 07:30

Photo
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar!

Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash.

Hurmatli ustozlar!

Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Aziz o‘quvchilar!

Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz!

Aziz yurtdoshlar!

Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
159,0000097
E’zoza Karimova logo
E’zoza Karimova

25 ago 2026, 18:14

Photo
Ta’limdagi ijobiy o‘zgarishlar — e’tibor va intilish samarasi

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida bitiruvchilarimizning o‘rtacha ballari o‘sib, davlat grantini qo‘lga kiritgan yoshlarimiz safining kengayishi barchamizni quvontiradi. Imtihonlarda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar sonining sezilarli ko‘payishi hamda past natija qayd etganlar sonining kamayishi maktablarda ta’lim sifati oshib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ushbu o‘sish davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar natijasi bo‘lib, bolalarimizning ilmga bo‘lgan qiziqishi hamda intilishini yanada oshirmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
21,800001,501

Showing 30 of 100 posts

Valutazione

Accesso richiesto

Frequently Asked Questions

Di cosa parla il canale Telegram E’zoza Karimova?+

E’zoza Karimova (@ezozagafurjanovna) è un canale Telegram elencato in Audiolibri su tgdio. Questo profilo mostra classifica, valutazioni, recensioni e post recenti così puoi decidere prima di iscriverti su Telegram. Al momento elenca circa 8128 iscritti su tgdio.

Come mi unisco a E’zoza Karimova (@ezozagafurjanovna) su Telegram?+

Apri il profilo del canale su tgdio, poi usa Join / Open in Telegram per andare su @ezozagafurjanovna nell’app o sul web di Telegram e iscriverti gratis.

E’zoza Karimova è un buon canale Audiolibri?+

Su tgdio puoi controllare valutazione, recensioni, classifica e ultimi post di E’zoza Karimova prima di unirti. Al momento elenca circa 8128 iscritti su tgdio. Confrontalo con canali Audiolibri simili.

Dove vedo le statistiche e i post di E’zoza Karimova?+

Su tgdio, apri la pagina @ezozagafurjanovna per statistiche iscritti, classifica, valutazioni e post recenti. Usa il link Stats per grafici di crescita e attività.