ILMIY-O‘QUV AMALIY MARKAZ: XALQARO HAMKORLIK VA TA’LIMDA BAHOLASH ISTIQBOLLARI
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, milliy manfaatlarni xalqaro maydonda ilgari surish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Ushbu jarayonda Ilmiy-o‘quv amaliy markaz ham xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirib, ta’limda baholash tizimini takomillashtirish, zamonaviy testologiya va pedagogik o‘lchash usullarini joriy etish hamda milliy baholash amaliyotini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.
Markazning xalqaro hamkorlari qatoridan Cambridge University Press & Assessment, AQA Global Assessment Services, OxfordAQA International Qualifications, British Council, Educational Testing Service (ETS), College Board, Cito va Turkiyaning ÖSYM tashkiloti kabi nufuzli tashkilotlar o‘rin olgan. Ular bilan hamkorlik xalqaro imtihonlarni tashkil etish, baholash vositalarini takomillashtirish, test topshiriqlari sifatini oshirish, mutaxassislar malakasini rivojlantirish va ilg‘or metodikalarni o‘rganishga xizmat qilmoqda.
Xalqaro hamkorlik geografiyasining kengayishi Markaz faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xorijiy tashkilotlar bilan tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va milliy baholash tizimining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Turkiy davlatlar bilan hamkorlik — umumiy maqsadlar sari
Yaqinda Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Turkiyaning milliy baholash tashkilotlari o‘rtasida ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha yagona formatdagi ETOTS (English Test for the Organization of Turkic States) imtihonini yaratish va uning natijalarini o‘zaro tan olish istiqbollariga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur tashabbus turkiy davlatlar o‘rtasida baholash mezonlarini uyg‘unlashtirish, umumiy tajribani shakllantirish va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ilmiy-o‘quv amaliy markaz xalqaro hamkorlikni milliy baholash tizimini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va O‘zbekistonning xalqaro ta’lim makonidagi mavqeini yuksaltirishning muhim omili sifatida ko‘radi.
Xalqaro hamkorlik — ilg‘or tajriba, sifatli baholash va ta’lim taraqqiyoti sari muhim qadam!
✅ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram |
YouTube